Ali ibn Iso ibn Dovud ibn al-Jarroh (Dayr Qunna, 859 – Bagʻdod, 946-yil 1-avgust) Abbosiylar xalifaligi saroyi amaldori.

Abbosiylar hukumatida uzoq yillar davomida xizmat qilgan oiladan yetishib chiqqan Ali Abbosiylar saroyida yuqori mavqega erishgan. 913—917 va 927—928-yillarda rasman vazir lavozimida ishlagan. Shuningdek 918—923-yillarda Hamid ibn al-Abbos vazirlik qilgan davrda amaldagi vazir vazifasini bajargan.

Ali ibn Isoning siyosiy faoliyati Abbosiylar davlatining oxirgi inqiroz davriga toʻgʻri kelgan boʻlib, bu davr nihoyatda beqaror edi. Bu davr raqibi Abulhasan Ali ibn al-Furot va uning tarafdorlari bilan hokimiyat uchun kurash bahslari bilan ajralib turardi. Natijada Ali ibn Iso tez-tez surgunda yashashga majbur boʻlgan. Ibn al-Furatning saxiyligi va dabdabaga oʻchliga qarama-qarshi oʻlaroq, Ali ibn Iso nihoyatda kamtarin va poraxoʻrlikka qarshi qatʼiyat bilan kurashuvchi inson edi. Bu xislati sabab koʻplab dushmanlar orttirgan. Shunday boʻlsa-da, keyinchalik oʻzining maʼmuriy isteʼdodi va halolligi tufayli „yaxshi vazir“ deya eslangan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:859-yilda tugʻilganlar Turkum:946-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi vazirlari Turkum:Bagʻdodliklar Turkum:9-asr hukumat amaldorlari Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari