Ramil Yusupovich Kenjaboyev (, 1976-yil 28-martda, Olmaliqda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Biografiyasi Ramil oʻz faoliyatini 1993-yilda Toshkent viloyatining „Olmaliq“ klubida boshlagan. 1994-yilda „Chirchiq“, 1995-yilda esa Samarqandning „Dinamo“ jamoalarida toʻp surgan. 1996-yilgi mavsumda „Gʻazalkent“ klubida oʻynagan, 1997-yilda yana Samarqandning „Afrosiyob“ klubiga oʻtgan, 1998-yilda esa Bekobodning „Metallurg“ safida maydonga tushgan.

1999-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida faoliyat yuritgan. 2000—2001-yillarda Ramil Navoiy shahridagi „Zarafshon“ klubida oʻynagan. 2001-yilda Termizning „Surxon“ jamoasida ham toʻp surgan. 2004-yilda Olmaliq shahridagi OKMK safiga qoʻshilgan. 2006-yilda Bekobodning „Metallurg“ futbol klubiga qaytib kelgan va oʻsha yerda oʻz faoliyatini yakunlagan.

Havolalar Ramil Kenjaboyev Footballfaktsru saytidagi profili

Turkum:Olmaliqda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Gʻazalkent klubi futbolchilari