Ljuba Welitsch (Veličkova; ; 1913-yil 10-iyulda tugʻilgan – 1996-yil 1-sentyabrda vafot etgan) – opera soprano ijrochisi. Bolgariyaning Borisovo shahrida tugʻilgan. Keyinchalik Sofiya va Vena shaharlarida tahsil olgan. 1930-yillarning oxiri, 1940-yillarning boshi va oʻrtalarida Avstriya va Germaniyaning opera teatrlarida qoʻshiq kuylagan. 1946-yilda Avstriya fuqaroligini olgan.

Welitsch Richard Straussning „Salome“ operasida bosh rolni ijro etganidan keyin mashhurlikka erishgan. Uchning xalqaro miqyosdagi karyerasi juda qisqa vaqt davom etgan. Xalqaro miqyosda oʻz faoliyatini 1947-yilda Londonda boshlangan va 1949-yildan Nyu-Yorkda davom ettirgan. Biroq 1950-yillarning oʻrtalariga kelib, uning yulduzlik davri nihoyasiga yetgan. Welitschning xalqaro darajadagi faoliyati studiya yozuvlari keng tarqalgan davridan oldin boshlangan. U mashhur boʻlgan paytda operalarning toʻliq yozuvlari, yaʼni studiya orqali tahrirlangan va disk yoki boshqa formatda chiqarilgan yozuvlar hali keng tarqalmagan edi. Shu sababli uning yozib olingan merosi juda cheklangan.

Welitsch 83 yoshida Vena shahrida vafot etgan.

Hayoti va karyerasi Ljuba Welitsch Bolgariyaning Borissovo shahrida tugʻilgan va ikki singlisi bilan oʻzlarining oilaviy fermalarida oʻsganBranscombe, Peter. „Welitsch (Veličkova), Ljuba“, Grove Music Online, Oxford University Press, retrieved 31 August 2018 Tubman, Howard. „New Prima Donna“, The New York Times, 13 February 1949, p. X7. Uning musiqaga qiziqishi yoshlik chogʻlaridanoq boshlanganHarewood, Lord, and Harold Rosenthal. „Ljuba Welitsch“, Opera, volume 4 (1953), pp. 72–77. Sakkiz yoshida opalaridan biri unga skripka sovgʻa qilgan va Welitsch bir muncha vaqt professional musiqachi boʻlishni oʻylab yurganOʻConnor, Patrick. „A Salome coached by Strauss“, The Guardian, 3 September 1996, p. 18. Shumen shahridagi oʻrta maktabni tugatgach, Sofiya universitetida falsafa boʻyicha taʼlim olgan va PhD darajasini egallagan. Bolgariya hukumati tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga Vena shahriga koʻchib, u yerda Davlat akademiyasining qoʻshiqchilik boʻyicha professori Teo Lierhammerdan dars olgan"Ljuba Welitsch", The Times, 2 September 1996, p. 23Wechsler, Bert. „Ljuba Welitsch“, Music Journal, Winter 1985, pp. 5–8.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Columbia Records sanʼatkorlari Turkum:1996-yilda vafot etganlar Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:10-iyulda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda vafot etganlar Turkum:Venada vafot etganlar