Berre daryosi jangi () – 737-yilda al-Andalus nomidan Septimaniya viloyatini boshqargan Umaviy noibi Yusuf ibn Abdurahmon al-Fihriyning arab va berber musulmon kuchlari hamda Karolinglar sulolasiga mansub gersog Charles Martel boshchilgidagi xristianlar armiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Ushbu jang Narbonne shahrining qamal qilinishi vaqtida yuz bergan. Hozirgi Fransiyaning Aude departamenti hududidagi Berre daryosi ogʻzida boʻlib oʻtgan bu jang Charles Martel uchun muhim harbiy gʻalaba boʻlgan. Aynan 736–737-yillardagi harbiy yurishlar davomida Charles Martel Umaviylar hududining Pireney togʻlaridan shimolga tomon kengayishini samarali ravishda toʻxtatishga muvaffaq boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:737