Inoyat ( — iltifot, mehribonlik; gʻamxoʻrlik, parvarish) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Inoyat Turopov — sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kattaqoʻrgʻon tumani qoʻmitasining birinchi kotibi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni; Inoyatullaxon — 1929-yil yanvarda uch kunlik Afgʻoniston podshohi. Afgʻon amiri Habibullaxonning oʻgʻli; Inoyatxoja Maxdum — naqshbandiya tariqati murshidi.
Familiya
Inoyatov Inoyatova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha uniseks ismlar