Saʼdiyya Shayx (1969-yilda tugʻilgan) – janubiy afrikalik islom va feministik nazariya olimi. Keyptaun universitetida din professori. Shayx soʻfiylikni feminizm va feministik nazariya bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Islom va Ibn Arabiyda gender boʻyicha qilgan ishlari bilan mashhur.

Biografiyasi Saʼdiyya Shayx 1969-yilda Janubiy Afrikaning Krugersdorp shahrida hindistonlik musulmonlar oilasida tugʻilgan. Aparteid rejimi ostida ulgʻayib, aparteidga qarshi harakatning guvohi boʻlgan. Bu tajriba uning Qur’on va islom anʼanalarini ozod gʻoyalari bilan talqin qilishga intilishga turtki boʻldi.

Shayx musulmon ayollari va gender zoʻravonligi, Qur’on va hadislarga feministik yondashuvlar, islomda kontratseptsiya va abort, gender va islom qonunlari haqida asarlarini nashr etgan. 2016—2017-yillarda Wissenschaftskolleg Zu Berlinda „Gender, adolat va musulmon axloqi“ loyihasi boʻyicha tahsil olgan. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:Ibn Arabiy olimlari Turkum:Janubiy afrikalik feministlar Turkum:Tasavvuf olimlari Turkum:Janubiy afrikalik ayol akademiklar