Gulshan markaziy masjidi va hayitgoh jamiyati (), shuningdek Gulshan Ozod masjidi nomi bilan ham tanilgan, Bangladeshning Dakka shahri, Gulshan tumanida joylashgan masjiddir. Masjid 1976-yil 18-aprelda 6 akr yer maydonida bunyod etilgan boʻlib, meʼmor Mesbah-ul-Kabir tomonidan loyihalashtirilgan. Masjid bir vaqtning oʻzida 10,000 dan ortiq namozxonni sigʻdira oladi.

2019-yilgacha masjidning imom-xatibi vazifasini Mavlono Shamsul Haq bajargan. Hozirda Mahmudul Hasan ushbu masjidning xatibi hisoblanadi.

Yana qarang

Bangladeshda Islom Bangladeshdagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Dakkadagi masjidlar Turkum:1976-yilda qurilgan masjidlar Turkum:Bangladeshdagi 20-asr masjidlari Turkum:Bangladeshdagi minorali masjidlar