Abdulloh ibn Suvar al-Abdiy () ilk islom davrida harbiy qoʻmondon va noib boʻlgan. Shuningdek, hozirgi Pokistonning Sind mintaqasini zabt etishda muhim rol oʻynaganligi bilan mashhur.

Harbiy yurishlari Abdulloh ibn Suvar Umaviylar xalifaligi davridagi harbiy yurishlarda katta rol oʻynagan. Ikkinchi xalifa Umar ibn al-Xattob tomonidan Sind yurishiga yuborilgan. Ushbu yurish musulmonlar hukmronligining Hindiston yarimorolida kengayishiga olib kelgan.

Kaykanning zabt etilishi 659–664-yillar oraligʻida koʻplab Qiqaniy Jatlar al-Abdiy tomonidan Iroqqa asirga olib ketilgan. Al-Abdiy Sind atrofidagi hududlar noibi etib tayinlangan.

Fathlari va boshqaruvi Abdiyning harbiy mahorati Kalat mintaqasidagi muvaffaqiyatli yurishlarida namoyon boʻlgan, ammo u aynan shu jangda shahid boʻlgan. Uning zabt etgan hududlari Sind va Makran mintaqalarida musulmonlar hukmronligining kengayishiga asos boʻlgan. Vafotidan soʻng, Sinon ibn Salama al-Hazliy uning yurishlarini davom ettirib, hududni musulmonlar nazoratiga olishga muvaffaq boʻlgan.

Oʻlimi Amir Abdulloh ibn Amir yoki xalifa Muoviya I ning oʻzi al-Abdiyni Sindning Kaykan hududiga yuborgani aytiladi. U yerda al-Abdiy turli janglarda ishtirok etgan, birmuncha yutuqlarga erishgan, biroq Jatlar tomonidan halok qilingan deb hisoblaniladi.

Manbalar

Turkum:Umaviylar xalifaligining harbiy harakatlari tarixi Turkum:667-yilda vafot etganlar