Zsófia Balla (1949-yil 15-yanvarda tugʻilgan) – asli ruminiyalik venger shoiri va essenavis. Vengriyadagi eng koʻzga koʻringan ayol shoiralardan biri.

Biografiyasi Zsófia Balla 1949-yil 15-yanvarda Ruminiyaning Kluj-napoka shahrida etnik vengerlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi yozuvchi, onasi esa nemis tili oʻqituvchisi boʻlgan. Balla Kluj Musiqa akademiyasida skripka boʻyicha tahsil olgan va u yerni 1972-yilda tamomlagan. Birinchi turmush oʻrtogʻi bilan ajrashgach, 1997-yilda shoir Csaba Báthori bilan turmush qurgan.

Zsófia Balla oʻzining dastlabki sheʼrlarini 1965-yilda „Igaz Szó“ jurnalida nashr etgandan. Shundan keyin uning birinchi sheʼrlar toʻplami 1968-yilda Buxarestda „A dolgok emlékezete“ nomi chop etilgan. 11972-yildan boshlab Balla Kluj-napoka radiosining venger boʻlimida musiqa muharriri sifatida ish boshlagan va ushbu lavozimdagi faoliyatini 1985-yilda radio yopilguniga qadar davom ettirgan. Shundan soʻng, Ruminiyaning „Elore“ deb nomlanuvchi milliy gazetasida jurnalist, shuningdek, ikki haftalik jurnalning adabiy muharriri boʻlib faoliyat yuritgan. 1990-yilda Balla Vengriya Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan, 1992-yilda esa „Jelenkor“ nomli adabiy jurnalning tahrir hay’ati tarkibiga qoʻshilgan. 1993-yildan beri Vengriyaning Budapesht shahrida istiqomat qiladi.

Mukofotlari Zsófia Balla Vengriyadagi eng koʻzga koʻringan shoiralaridan biri va koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. Jumladan, 1984 hamda 1991-yillarda Ruminiya Yozuvchilar uyushmasi mukofoti, shuningdek, 1996-yilda Vengriyaning Attila József kabi yuksak mukofotlarni qoʻlga kiritgan. 2008-yilda Vengriya Respublikasi Laureati (Magyar Köztársaság Babérkoszorúja) unvonini bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:15-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Shoiralar Turkum:Ruminiyada tugʻilganlar