Pir Xoʻja Hamiduddin Sialvi (1936 – 2020-yil 17 sentyabr) – Pokistonning Sargoda shahridagi Sial Sharif ziyoratgohining sajjada nashini boʻlgan pokistonlik maʼnaviy yetakchi va siyosatchi. Umuman olganda, uning oilasi Barelvi maktabiga mansub, garchi ular oʻzlarini „Barelvi“ deb atashni maʼqul koʻrishmasa-da.
U 1988-yilning martidan 1991-yilning martigacha va yana 1991-yilning martidan 1994-yilgacha PML (N) partiyasi nomzodi sifatida Pokiston senati aʼzosi boʻlgan.
Tarixi U 1936-yilda Sial Sharifning dindor oilasida tugʻilgan boʻlib, boshlangʻich taʼlimni Dorul-Ulum-Ziyo-Shamsul-Islomdan olgan. Keyinchalik u Dorul-Ulum-Diniyada vaʼz va taʼlim berishni boshlagan va bu faoliyatini keyingi yigirma yil mobaynida davom ettirgan.
Vafoti 2020-yil 17-sentyabrda vafot etdi. Janoza namozida uning minglab izdoshlari qatnashdi.
Manbalar
Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:Pokistonlik diniy yetakchilar Turkum:Pokistonlik sunniy musulmonlar