Unai Emery Etxegoien (1971-yil 3-noyabrda tugʻilgan) ispaniyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi boʻlib, hozirda Premyer-liganing Aston Villa klubini boshqarmoqda. U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri sifatida keng tan olingan.
Asosan Ispaniyaning Segunda divizionida oʻynab, 2004-yilda faol futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Emery murabbiylikka oʻtdi. U Lorca Deportivada ish boshlab, birinchi mavsumidayoq jamoani Segunda divizioniga olib chiqishga erishdi. Soʻngra u Almeríaga oʻtib, bu klubni tarixida birinchi marta La Ligaga koʻtarilishiga erishdi. Keyinchalik Valenciaga oʻtgan Emery jamoani muntazam ravishda eng kuchli uchlikka olib chiqdi. Valensiyada shartnomasi uzaytirilmagach, u olti oyga Moskvaning Spartak jamoasiga oʻtdi, biroq natijalar yaxshi boʻlmagani sababli ishdan boʻshatildi. 2013-yilda Sevillaga oʻtgan Emery bu yerda misli koʻrilmagan uch yil ketma-ket Yevropa Ligasini qoʻlga kiritishga erishdi.
Emeri 2016-yilda Fransiyaning „Paris Saint-Germain“ klubiga oʻtdi. U yerda Liga 1 chempionligini, ikkita Fransiya kubogi, ikkita Liga kubogi va ikkita Chempionlar superkubogini qoʻlga kiritdi, jumladan ikkinchi mavsumida toʻrtta ichki turnirda gʻalaba qozondi. Shartnomasi tugagach, Emeri 2018-yilda Arsène Wengerning oʻrnini egallagan holda Angliyaning „Arsenal“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U birinchi mavsumida Yevropa ligasi finaligacha yetib bordi, ammo 2019-yil noyabrda lavozimidan chetlashtirildi. 2020-yil iyulda „Villarreal“ga bosh murabbiy boʻlib ishga joylashdi va dastlabki mavsumidayoq Yevropa ligasida gʻolib chiqdi, keyingi mavsumda esa klubni Chempionlar ligasi yarim finaligacha olib chiqdi. 2022-yil oktyabrda u Premyer-ligaga qaytib, „Aston Villa“ni boshqara boshladi va jamoani 2024-yilda UEFA Konferensiyalar ligasi yarim finaliga hamda bir yil oʻtib Chempionlar ligasi chorak finaliga olib chiqishga muvaffaq boʻldi.
Biografiyasi Emeri Basklar mamlakati, Gipuzkoa viloyatining Ondarribia shahrida tugʻilgan. Unai bask tilining tub soʻzlashuvchisidir. Uning otasi va bobosi, mos ravishda Juan va Antonio, ham futbolchi boʻlgan, ikkalasi ham darvozabon ampulasida oʻynagan. Otasi ikkinchi diviziondagi bir nechta klublar, jumladan Real Union safida oʻynagan boʻlsa, bobosi esa shu klub bilan oliy divizionda musobaqa yuritgan. Emerining amakisi Roman yarim himoyachi lavozimida toʻp surgan. 2021-yil iyul oyida Emerilar oilasi Real Union klubini sotib olish jarayonini yakunladi va uning akasi Igor klub prezidenti lavozimini egallagan.
Emerining turmush oʻrtogʻi Luisa Fernandes. Ularning oʻgʻli Lander ham darvozabon boʻlib, 2024-yil yanvar oyida Aston Villaning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasiga qoʻshilgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Real Sociedad B futbolchilari Turkum:Real Sociedad futbolchilari Turkum:CD Toledo futbolchilari Turkum:Racing de Ferrol futbolchilari Turkum:CD Leganés futbolchilari Turkum:Lorca Deportiva CF futbolchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Ispaniyalik futbol murabbiylari Turkum:Lorca Deportiva CF murabbiylari Turkum:UD Almería murabbiylari Turkum:Valencia CF murabbiylari Turkum:FC Spartak Moskva murabbiylari Turkum:Sevilla FC murabbiylari Turkum:Paris Saint-Germain FC murabbiylari Turkum:Arsenal F.C. murabbiylari Turkum:Villarreal CF murabbiylari Turkum:Aston Villa F.C. murabbiylari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Segunda División B murabbiylari Turkum:Segunda División murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:Liga 1 murabbiylari Turkum:Ispaniyalik muhojir futbol murabbiylar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar