Abdulloh ibn az-Zubayr al-Humaydiy (834-yilda vafot etgan) – hofiz, shofiʼiylik mazhabi faqih olimi va al-Haram shayxi. Imom Shofeʼiyning oʻzidan bevosita majlisida taʼlim olgan. Shuningdek, u Sufyon ibn Uyayna va Fuzayl ibn Iyozdan hadis oʻrganib, ularni rivoyat qilgan. Shogirdlari orasida Al-Buxoriy, An-Nasoiy, At-Turmudiy, Abu Zur’a ar-Roziy va Abu Hatim ar-Roziy boʻlgan. Hijriy 219-yilda Makkada vafot etgan. Manbalar
Turkum:834-yilda vafot etganlar Turkum:9-asr huquqshunoslari Turkum:Quraysh Turkum:Makkalik kishilar Turkum:Shofiʼiylar Turkum:Hadis roviylari