Yana Marinova (; 1978-yil 17-avgustda tugʻilgan) – bolgar aktrisasi.

Hayoti va faoliyati Yana Marinova 1978-yil 17-avgustda tugʻilgan. Iqtisod boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan. 22 yoshida turmushga chiqqan, bir nafar oʻgʻli bor. Marinova Bolgariya badiiy filmlari va seriallarida, shuningdek, xorijiy kinolarda ishtirok etadi. Bir qancha telekoʻrsatuvlarni olib borgan, ayrim filmlarda kaskadyor sifatida chiqish qilgan.

Shuningdek, Garnier Cosmetics kompaniyasining reklama yuzlaridan biri hisoblanadi.

Televideniye 2015-yilda Yana Marinova BTV telekanalining „Glass Home“ filmida Elena Atanasova rolini ijro etgan.

Oʻsha yildan boshlab Marinova „The Voice Bulgaria“ musiqiy shousini olib bormoqda.

2016-yildan esa BTV telekanali tomonidan suratga olingan „XIa“ filmida rol ijro etib keladi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bolgariyalik aktrisalar