Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi — Oʻzbekistondagi davlat boshqaruv idoralaridan biriOʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida. Uyushma Oʻzbekistondagi mahallalarning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida faoliyat yuritadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari mavjud.

Tarixi 2023-yil 21-dekabrda qabul qilingan PF-209-sonli „Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ farmon hamda PQ-402-sonli „Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ qarorga muvofiq 2024-yil 17-yanvar kuni Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tashkil qilindi. Tashkilotning taʼsis konferensiyasida Qahramon Quronboyev uyushma raisi etib saylandi. 2024-yil 18-yanvar kuni Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi taʼsis konferensiyasi ishtirokchilarining mahallalar faollariga murojaati eʼlon qilindi. 2026-yil 5-sentyabr kuni Gʻofurjon Mirzayev Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Maqsad va vazifalari Mahallani xalq bilan davlat oʻrtasidagi aloqalarini mustahkamlash; Mahalla boshqaruvida aholining ishtirokini taʼminlash; Fuqarolarda masʼuliyat hissini oshirish; „Mahalla yettiligi“ orqali ichki resurslarni safarbar etish; Mahallalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash; Mahalla masʼullarining malakasini oshirish.

Rahbariyati Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi Gʻofurjon Mirzayev, birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov, rais oʻrinbosari Dolli Allayev hisoblanadi.

+Uyushma rahbariyatiLavozimIsm-familyaFaoliyat davriRaisGʻofurjon Mirzayev2022-yil 25-mart – hozirga qadarBirinchi oʻrinbosariJovdatxon Inogʻomov2024-yil 17-yanvar — hozirga qadarOʻrinbosarDolli Allayev2025-yil 17-fevral — hozirga qadar

Tuzilmasi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tarkibiga hududlardagi 9300 dan ortiq mahalla kiradi. Uyushma raisi maqomi tibbiy, transport va maishiy taʼminot sharoitlari boʻyicha bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilgan. 982 ta shtat birligidan iborat. Tarkibi „Mahalla“ xayriya jamoat fondi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining qisqartirilgan shtatlari hisobidan shakllantirilganOʻzbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etiladi.

Yana qarang Mahalla Gʻofurjon Mirzayev

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti YouTube kanali Instagram sahifasi Facebook sahifasi Telegram kanali Turkum:Oʻzbekistonda joylashgan siyosiy tashkilotlar Turkum:2024-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar