Arta Dobroshi (1980-yil 2-oktyabrda tugʻilgan)IMDB Retrieved November, 2012. – aktrisa va prodyuser. Cannes kinofestivali, Berlin xalqaro kinofestivali va Sundance Film festivallarida qizil yoʻlakdan oʻtgan va Yevropa film mukofotiga nomzodi qoʻyilgan ilk kosovalik aktrisa. Dobroshi ilgari qochqin boʻlgan, hozir esa BMTning xayriya elchisi va yuksak vakilidir.

Yoshlik yillari

Arta Dobroshi 1980-yil 2-oktyabrda Prishtina shahrida dunyoga kelgan. U boshlangʻich maktabdan boshlab sanʼat sohasini oʻrganib kelmoqda. Soʻngra toʻrt yil Prishtinadagi Sanʼat akademiyasining aktyorlik va drama boʻlimida tahsil olgan. Dobroshi oʻsha paytda koʻplab qisqa metrajli filmlar va teatr spektakllarida rol ijro etgan. Oʻn besh yoshida talabalar almashinuvi dasturi doirasida Shimoliy Karolinaga borgan va u yerda drama spektakllarida ishtirok etgan. Akademiyada birinchi yil tahsil olganidan soʻng Kosovo urushi avj olgan va Dobroshining bobosi va buvisi serblar tomonidan alban tilida universitet ochishga uringanligi uchun qamoqqa olingan. Serbiya prezidenti Slobodan Milošević 2000-yil oktyabr oyida isteʼfoga chiqqach, Dobroshi qochqinlar lageridagi ishidan voz kechib, NATO uchun tarjimon sifatida ishlay boshlagan.

Karyerasi

Urush davridan soʻng Dobroshi mahalliy teatrlarda va Albaniya filmlarida ishtirok etgan, shuningdek, nemis-alban mahsuloti hisoblangan „Magic Eye“ (2005) filmida bosh rolni ijro etganBerlin International Film Festival (Berlinale) jury members announced Retrieved September, 2010..

Sarayevoda spektaklda rol ijro etayotgan vaqtda Dobroshi Lyuk va Jan-Pier Dardenni uchratgan va ular Dobroshini Kosovoda „Lornaʼs Silence“ filmi uchun ochiq kastingga taklif qilishgan. Dobroshi fransuz tilini bilmasligiga qaramay, unga bosh rol taklif qilinganNominations for the European Film Awards 2008 Retrieved October 2010.. Ushbu filmdagi roli uchun aktrisa Yevropa kino mukofoti hamda 2009-yilgi Toronto kino tanqidchilari assotsiatsiyasi mukofotlarining „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasiga sazovor boʻlganToronto Film Critics Awards 2009 Nominations Retrieved September 2010..

Arta Dobroshi BAFTA mukofoti sohibi rejissyor Daniel Mulloyning „Baby“ nomli qisqa metrajli filmida bosh rolni ijro etgan. Ushbu film 2010-yilda Edinburg xalqaro kinofestivalida premyera qilingan va „Eng yaxshi qisqa metrajli film“ mukofotini qoʻlga kiritganEdinburgh Award Winners 2010 Retrieved September, 2010.. Shuningdek, film Cork kinofestivalida „Eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film“ nominatsiyasiga sazovor boʻlganIrish Times Retrieved November, 2010.. Dobroshi esa 24-xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida „Baby“ filmidagi roli uchun „Eng yaxshi aktrisa“ mukofoti bilan taqdirlanganIMDB Retrieved April, 2012].

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:2-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar