thumb|Martirosian Miss World 2008 tanlovida
Gabrielė Martirosian (tavallud paytidagi familiyasi Martirosianaitė; 1991-yil 23-fevralda tugʻilgan) – litvalik model, aktrisa va radio va teleboshlovchi. 2008-yilgi Miss Litva (Litva goʻzali) tanlovi gʻolibi.
Karyerasi
Martirosian modellik faoliyatini 2007-yilda Modilinos agentligi bilan boshlagan. Uning dastlabki ikki shartnomasi Tokio va Bangkok bilan boʻlgan.
2008-yilda Martirosian Miss Litva tanlovi gʻolibiga aylangan va shu yilning oʻzida Yoxannesburgda boʻlib oʻtgan „Miss World“ (Dunyo goʻzali) tanlovida Litva nomidan ishtirok etgan. Biroq birinchi bosqichdan keyin tanlovdan chiqib ketgan.
Martirosian 2009-yilda Vilnyus shahrining „Yevropa madaniyat poytaxti“ tadbirlari elchisi sifatida tanlangan.
2009-yilda Akademiya shahrida joylashgan Ugnė Karvelis gimnaziyasini tamomlaganidan soʻng, Vilnyus universitetida litva filologiyasi boʻyicha tahsil olib, 2013-yilda universitetni tamomlagan.
2015-yilda „Oh! Skin“ nomli kiyim brendiga asos solgan, 2017-yilda esa „Nail Game“ nomli tirnoq bezaklari saloni ochgan.
Televideniye va radio
2009 va 2010-yillarda Martirosian „Moterų alėja“ () teleserialida Monika rolini ijro etgan.
Vilnyus universitetini tamomlaganidan soʻng 2013-yildan 2015-yilgacha M-1 radiostansiyasida boshlovchi sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yildan Martirosian LRT Radijas radiostansiyasida boshlovchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U xalqaro auditoriyaga koʻproq tanilgan boʻlib, ayniqsa, Yevrovidenie tanlovining Litva milliy saralash bosqichlarini olib borganligi bilan mashhur. 2017-yilda Ieva Stasiulevičiūtė, 2019-yilda Giedrius Masalskis, 2020-yilda esa Masalskis va Ieva Zasimauskaitė, 2024-yilda esa Nombeko Augustė Khotseng bilan birgalikda ushbu musiqiy tanlovning milliy bosqichini olib borgan.
Shaxsiy hayoti
Martirosian Akademiya shahrida voyaga yetgan, ammo yozgi taʼtilini buvisi bilan Mosėdis va Šilutė shaharlarida oʻtkazgan.
Uning bobosi Akiles Martirosianas (asl ismi Akilles Martirosyan) Yerevanda tugʻilgan, biroq Litvaga koʻchib oʻtgach, uning familiyasiga „-as“ qoʻshimchasi qoʻshilgan. Martirosian 2019-yil iyul oyida oʻzining va oilasining familiyasini arman millatiga mansubligini aks ettirishi maqsadida oʻzgartirganini tasdiqlagan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:23-fevralda tugʻilganlar Turkum:Litvada tugʻilganlar Turkum:Modellar (kasb) Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar