Marta Kos (1965-yil 28-iyunda tugʻilgan) – sloveniyalik diplomat va siyosatchi. 2013-yildan 2017-yilgacha Sloveniyaning Germaniyadagi elchisi, 2017-yildan 2020-yilgacha Sloveniyaning Shveysariyadagi elchisi lavozimida xizmat qilgan. 2024-yil dekabr oyidan boshlab Ursula von der Leyen rahbarligidagi ikkinchi Yevropa Komissiyasida Yevropa Ittifoqining kengayish masalalari boʻyicha komissari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
2022-yilning aprel oyidan sentabr oyiga qadar Ozodlik harakati partiyasining vitse-prezidentlaridan biri boʻlgan. 2022-yilgi prezidentlik saylovlari arafasida Sloveniya prezidenti lavozimi uchun Ozodlik harakatidan oʻz nomzodini qoʻygan, biroq avgust oyida nomzodini qaytarib olgan. Bu qaroridan soʻng Ozodlik harakati vitse-prezidenti lavozimidan ham isteʼfoga chiqqan. Ichki ishlar vaziri Tatjana Bobnarning isteʼfoga chiqishi ortidan Marta Kos Ozodlik harakatini endilikda oʻz partiyasi deb hisoblamasligini aytib, ushbu harakatdan butunlay chiqib ketganini eʼlon qilgan.
Yoshlik yillari va faoliyati Yoshlik davrida Marta Kos Yugoslaviya va Sloveniyada suzish boʻyicha chempion, shuningdek, oʻz yoʻnalishida rekord sohibasi boʻlgan. Soʻngra jurnalistika sohasida tahsil olgan. Dastlab RTVning sport boʻlimida faoliyat olib borgan, keyinchalik Germaniyaga koʻchib oʻtib, u yerda Deutsche Welle telekanalida ishlagan. 1997-yildan 1999-yilgacha Sloveniya hukumatining axborot idorasi direktori va hukumatning matbuot vakili sifatida xizmat qilgan. 2000-yilda Savdo va sanoat palatasi vitse-prezidenti etib tayinlangan.
2013-yilda Alenka Bratušek hukumati uni Sloveniyaning Germaniyadagi elchisi etib tayinlagan. 2017-yilda esa Kos Sloveniyaning Shveysariyadagi elchisi etib tayinlangan. 2020-yilda hukumatning tashqi siyosatiga boʻlgan kelishmovchiliklar, shuningdek, mobbing ayblovlari va elchixona ishlariga nisbatan ichki nazoratlar tufayli elchi lavozimidan isteʼfoga chiqqan.
Shaxsiy hayoti Kos Yevropa erkin savdo uyushmasining bosh kotibi Henri Gétaz bilan turmush qurgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:28-iyunda tugʻilganlar Turkum:Diplomatlar Turkum:Siyosatchi ayollar