Laura Põldvere (oldingi familiyasi Remmel; 1988-yil 30-avgustda tugʻilgan) – estoniyalik qoʻshiqchi. Soʻnggi oʻn yil ichida Estoniya radiosida qoʻshiqlari eng koʻp ijro etilgan estoniyalik sanʼatkor sifatida eʼtirof etilgan. Xalqaro miqyosda „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ikki marotaba Estoniya sharafini himoya qilgan, 2005-yilda „Suntribe“ nomli qizlar guruhi aʼzosi sifatida, 2017-yilda esa Koit Toome bilan „Verona“ qoʻshigʻi ijro etgan.
Karyerasi Laura oʻzining musiqiy faoliyatini 2005-yilda Eurolaul 2005 tanlovida „Moonwalk“ qoʻshigʻi bilan boshlagan. Bu qoʻshiq bilan tanlovda ikkinchi oʻrinni egallagan. Biroq Laura „Suntribe“ guruhining aʼzosi sifatida tanlovda gʻolib chiqqan va Estoniya nomidan 2005-yilgi „Eurovision“ tanlovida ishtirok etgan. Biroq guruh final bosqichiga chiqa olmagan.
Laura, shuningdek, Eurovision Song Contest 2007 tanlovida ishtirok etgan. Uning ijrosidagi „Sunflowers“ qoʻshigʻi tanlovda uchinchi oʻrinni egallagan.
2007-yilning sentyabr oyida Laura oʻzining „Muusa“ deb nomlangan ilk albomini chiqargan. Shu yili Boston shahridagi Berklee Musiqa Kollejida tahsil olishni boshlagan. Bu sababli u musiqiy faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan.
2009-yilda Laura yakkaxon xonanda sifatida Eesti Laul tanlovida qatnashgan. Uning „Destiny“ nomli qoʻshigʻi tanlovda yana uchinchi oʻrinni egallagan. Shu yili xonanda oʻzining „Ultra“ albumi chiqargan.
Laura 2016-yilda Eesti Laul tanlovida ishtirok etgan. Uning ijrosidagi „Supersonic“ qoʻshigʻi superfinalda ikkinchi oʻrinni egallagan.
2017-yilda Laura Koit Toome bilan birgalikda „Verona“ qoʻshigʻini ijro etgan va tanlovda gʻolib chiqqan. Shundan soʻng ular Ukrainaning Kyiv shahrida boʻlib oʻtgan Eurovision 2017 tanlovida Estoniya nomidan ishtirok etgan. Tomoshabinlar orasida katta mashhurlikka ega boʻlishiga qaramay, ular final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan. Juftlik yarim finalda umumiy hisobda 14-oʻrinni egallagan. Tomoshabinlar ovozi boʻyicha 6-oʻrinni egallagan, ammo hakamlar hay’ati tomonidan qoʻyilgan ballarga koʻra 17-oʻrindan joy olishgan.
Laura Eurovision 2020 tanlovida Estoniya sharafini himoya qilish maqsadida Eesti Laul 2020 tanlovida ishtirok etgan. Uning ijrosidagi „Break Me“ qoʻshigʻi final bosqichiga qadar yetib borgan, biroq 12 ishtirokchi orasida 11-oʻrinni egallagan.
2023-yil noyabr oyida Laura Eesti Laul 2024 tanlovining yarim final bosqichida ishtirok etishi eʼlon qilgan. Bu safar xonanda „Hereʼs Where I Draw the Line“ qoʻshigʻi bilan qatnashgan, biroq yarim finaldan keyin final bosqichiga chiqa olmagan.
Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:30-avgustda tugʻilganlar