Gorillaz – 1998-yilda Londonda bastakor Damon Albarn va rassom Jamie Hewlett tomonidan yaratilgan ingliz virtual musiqa guruhi. Guruh asosan toʻrtta toʻqima aʼzodan iborat: 2-D (vokal, klaviatura), Murdoc Niccals (bas, gitara), Noodle (gitara, klaviatura, vokal) va Russel Hobbs (baraban). Ularning olami musiqa videolari, suhbatlar, komikslar va qisqa multfilmlar kabi turli ommaviy axborot vositalarida namoyish etiladihttps://www.youtube.com/watch?v=HyHNuVaZJ-k. Gorillaz musiqasi keng doiradagi musiqachilar va taniqli ijrochilar bilan hamkorlikda yaratilgan boʻlib, Albarn yagona doimiy musiqa yaratuvchisi hisoblanadi.

Gorillaz bilan Albarn oʻzining Blur guruhiga xos boʻlgan Britpop uslubidan voz kechib, hip-hop, elektron va jahon musiqasi kabi turli xil musiqiy yoʻnalishlarda ijod qildi. Guruhning 2001-yildagi debyut albomi „Gorillaz“, dub, lotin va pank janrlarida aytilgan boʻlib, Buyuk Britaniyada uch karra va Yevropada ikki karra Platina mukofotiga erishdi. Albom sotuvlari muvaffaqiyati Clint Eastwood nomli bosh singlning mashhurligiga bogʻliq edi. Ularning ikkinchi studiyaviy albomi „Demon Days“ (2005-yil) Buyuk Britaniyada olti karra platina, AQSHda ikki karra platina mukofotiga sazovor boʻldi hamda „Feel Good Inc.“ nomli muvaffaqiyatli bosh singlni, shuningdek „DARE,“ „Dirty Harry“ va „El Mañana“ kabi boshqa hit qoʻshiqlarni dunyoga keltirdi. Guruhning uchinchi albomi – „Plastic Beach“ (2010-yil) ekologik mavzularni, sint-pop elementlarini oʻz ichiga olgan va Bobby Womack, Lou Reed va Little Dragon kabi koʻplab taniqli ijrochilar qatnashgan. Ularning toʻrtinchi albomi „The Fall“ – safar davomida (asosan Deymon Albarnning iPad qurilmasida) „Escape to Plastic Beach“ gastrolida yozib olingan va 2010-yil 25-dekabrda premyera qilingan.

Manbalar

Turkum:Musiqiy guruhlar Turkum:1998-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar