Nigor ( — yozuvchi, yozib oluvchi; sevikli, goʻzal; tavsif), Nigora — kelib chiqishi forscha boʻlgan xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Nigor xotun — Usmonli imperiyasi sultoni Boyazid II ning xotinlaridan biri, Fotma sulton, shahzoda Korkut va katta ehtimol bilan sulton Boyaziddan boʻlgan yana bir qancha farzandlarning onasi; Nigora Ahmedova — sovet va oʻzbek sanʼatshunosi, kurator. Sanʼatshunoslik fanlari doktori; Nigora Allayeva — oʻzbekistonlik tarixchi olima; Nigora Karimboyeva — oʻzbekistonlik aktrisa; Nigora Kutlimuratova — oʻzbek davlat arbobi, siyosatchi va tabib; Nigora Tursunqulova — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha ayollar ismlari