Abdullaxon, shuningdek Amin ud-Davla („davlating ishonchli vakili“; 1779–1847) taxallusi bilan ham tanilgan, Qojarlar shohi Fath Alishoh (hukmronligi 1797–1834) davrida bosh daromad hisobchisi yoki moliya vaziri (mostavfi ul-mamalik) va keyinchalik bosh vazir boʻlib ishlagan.
U sobiq bosh vazir Hoji Muhammad Husayn Isfahoniy (vaf. 1823-yil)ning toʻngʻich oʻgʻli boʻlgan. Onasi Baxtiyoriylar qabilasining kichik boshligʻi qizi. U Isfahonda tugʻilib, oʻz faoliyati davomida shu shaharning hokimi lavozimida ham ishlagan.
Manbalar
Turkum:1779-yilda tugʻilganlar Turkum:1847-yilda vafot etganlar Turkum:Isfahonliklar Turkum:Isfahonning qojar hokimlari Turkum:Eron Bosh vazirlari Turkum:18-asr eron siyosatchilari Turkum:19-asr eron siyosatchilari