Molik ibn Kaydar (; 848-yilda vafot etgan) – IX asrda yashagan Abbosiylar xalifaligi harbiy xizmatchisi.

Molik Kaydar Nasr ibn Abdullohning oʻgʻli, Muzaffar ibn Kaydarning ukasi boʻlgan. 838-yilda Vizantiya imperiyasiga qarshi Amorium yurishi paytida turk qoʻmondoni Ashinas qoʻl ostida xizmat qilgan va musulmonlar qoʻshinidan qochgan Ankira aholisini taʼqib qilish va ularni asir olish ishlari uchun masʼul boʻlgan. 839-yilda Ashinas uni Misrning hokimi etib tayinlagan va XV asr tarixchisi Ibn Tag‘ribirdiy uning uning boshqaruvini maqtagan. Molik ikki yildan biroz ortiqroq vaqt davomida hokimlik qilgan, 841-yilda Ashinas tomonidan lavozimidan olinib, uning oʻrniga Ali ibn Yahyo al-Armaniy tayinlangan. Molik 848-yilda Iskandariyada vafot etgan; .

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:848-yilda vafot etganlar Turkum:9-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari