Az-Zubayr ibn Bakkor () (milodiy 788–870 / hijriy 172–256) – mashhur arab musulmon tarixchisi va nasabshunosi. Sahoba az-Zubayr ibn al-Avvomning avlodidan boʻlgan. U, asosan Hijoz mintaqasida yashovchi arablar, xususan, Quraysh qabilasi nasablari boʻyicha yetakchi mutaxassis hisoblangan. Az-Zubayr ibn Bakkor nasabshunoslikka oid bir qancha asarlar yozgan. Buyuk muhaddis va tarixchi Ibn Hajar al-Asqaloniy uni Quraysh nasablariga oid eng ishonchli manbalar muallifi sifatida eʼtirof etgan.

Hayoti Ibn Bakkor Madinada tugʻilib oʻsgan va hijriy 242-yilda Makka qozisi boʻlib xizmat qilganSezgin, GAS, I, p.317. Bagʻdodga qilgan tashriflaridan birida Abbosiylar xalifasi al-Mutavakkil unga oʻgʻliga tarbiya berishni taklif qilgan.

Ibn Bakkor Makkada tomdan yiqilib vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Madina kishilari Turkum:788-yilda tugʻilganlar Turkum:870-yilda vafot etganlar Turkum:Arab tarixchilari