thumb|280x280px|Abu Abdulloh ash-Shiʼiy boshchiligidagi Ismoiliy Kutama berberlari tomonidan Aglabiylar amirligining qulashiga olib kelgan harbiy yurish xaritasi Abu Mudar Ziyodat Alloh III () (911–916-yillarda vafot etgan) Ifriqiyadagi oʻn birinchi va soʻnggi Agʻlabiylar amiri ().

Ziyodat Alloh III 903-yil 27-iyulda otasi Abdulloh II oʻldirilganidan keyin hokimiyat tepasiga keldi. Hokimiyatga kelishi bilan u barcha aka-ukalari va amakilarini qatl qildirdi, bu orqali har qanday raqiblarini yoʻq qilishni maqsad qilgan edi. Bu qirgʻin qisqa muddatda uning hokimiyatini mustahkamladi, biroq Agʻlabiylar sulolasi xalq nazaridagi soʻnggi obroʻsidan ham mahrum boʻldi.

Keyinchalik Fotimiy manbalarida Ziyodat Alloh nihoyatda salbiy shaxs sifatida tasvirlangan. Ushbu manbalarda otasi Abdulloh II ga aynan Ziyodat Alloh III ning oʻzi tomonidan suiqasd uyushtirilgan deb daʼvo qilinadi. Shuningdek, u odobsiz va shaʼniga mos kelmaydigan hukmdor sifatida koʻrsatiladi. Ziyodat Alloh spirtli ichimliklar ichishni yoqtirgan. Fotimiy manbalarida taʼkidlanishicha, Ziyodat Allohning sharmandali va axloqsiz xatti-harakatlari fuqarolarni Abu Abdulloh ash-Shi’iy boshchiligidagi peshqadam Fotimiylar harakati tomon oʻtishga undagan.

Manbalar

Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:916-yilda vafot etganlar Turkum:10-asr arab shaxslari