Ibrohim ibn Muhammad ibn Ahmad Abu Avn ibn Hilol Abu al-Najm (933/934-yilda vafot etgan), asosan, Ibn Abu Avn nomi bilan mashhur, iroqlik yozuvchi va shoir. Kasbi kotib boʻlib, al-Kotib al-Bagʻdodiy nomi bilan mashhur boʻlgan.
Hayoti Ibn Abu Avnning otasi Muhammad, bobosi Ahmad va katta bobosi Hilol ham shoir boʻlgan. Otasi Muhammad ibn Abdulloh ibn Tohirning vaziri, 866-yilda esa Vosit hokimi sifatida xizmat qilgan. U, shuningdek, Ibn ar-Rumiyga bagʻishlab sheʼrlar ham yozgan. Ibn Abu Avn vazirlar Hamid ibn al-Abbos va Ibn al-Furotning yaqin doʻsti boʻlgan. Faoliyati davomida shurta boshligʻi darajasiga koʻtarilgan. „Fihrist“ va „Farq“ asarlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, u oʻzini xudo deb daʼvo qilgan ash-Shalmagʻoniyning tarafdori boʻlgan. Xalifa ar-Radiy Ibn Abu Avnga ash-Shalmagʻoniyni urishni buyurganida, Abu Avn buning oʻrniga uning soqolini oʻpib, oʻz xudosi deb eʼlon qilgan. Natijada, 322-hijriy yilda (933–934 milodiy) osib oʻldirilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari