Abu Jaʼfar Muhammad ibn Yahyo ibn Zakariyo ibn Shirzod (946-yildan keyin vafot etgan), asosan, Ibn Shirzod () nomi bilan mashhur Abbosiylar xalifaligi amaldori. 940-yillarda xalifalik parchalanganida turli sarkardalarga xizmat qilgan. 945-yilda qisqa muddatga amir ul-umaro oliy lavozimiga koʻtarilgan.

Hayoti Ibn Shirzodning yoshlik davri va dastlabki faoliyati haqida deyarli hech narsa maʼlum emas. Yoshligidanoq otasi orqali kotiblik xizmatiga kirgan. Otasi Gʻarib al-Xolning sobiq mulklarini nazorat qiluvchi moliya idorasida mas’ul shaxs boʻlgan. Ibn Shirzodning akasi Abulhusayn Zakariyo ham otasi tomonidan oʻzining oʻrinbosari sifatida ishga olingan. Ibn Shirzod oʻz yoʻlini oʻzi topishni istab, xalifaning shaxsiy mulklariga mas’ul idora devon ad-diyaʼal-xassada xizmat qilishni boshlagan va u yerda kotiblik sanʼatini oʻrgangan.

Ibn Shirzod ilk bor 927-yilda X asr tarixchisi Ibn Miskavayh tomonidan tilga olingan. U oʻsha paytda Gʻaribning oʻgʻli Horunning kotibi va ishlarini yurituvchisi sifatida xizmat qilgan. Horun esa Abbosiylar xalifasi al-Muqtadirning () yaqin doʻstlaridan edi. Shu davrda Ibn Shirzodning akasi Abulhasan Zakariyo xalifaning xolasiga kotiblik qilardi. Horun Ibn Shirzod ustidan shikoyat qilib, uni hibsga olish va mol-mulkini musodara qildirishga urindi. Biroq ishni vazir Ali ibn Iso ibn al-Jarroh koʻrib chiqqach, bu shikoyat rad etildi. Natijada, Ibn Shirzod nafaqat aybsiz deb topildi, balki Ali ibn al-Jarrohning kotibi sifatida davlat xizmatiga ham qabul qilindi.

Bu lavozimda ishlagan vaqtida Ibn Shirzod qisqa fursatda katta boylik toʻpladi. Natijada, vazir Muhammad ibn al-Qosim mol-dunyosini tortib olish maqsadida uni hibsga oldirdi. Ibn Shirzod xazinaga 20 000 oltin dinor toʻlashga vaʼda bergach, Abu Yaʼqub Is’hoq ibn Ismoilning yordami bilan ozodlikka chiqarilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari Turkum:10-asr Iroqda Turkum:10-asr Abbosiylar xalifaligi kishilari Turkum:10-asrda vafot etganlar