Andreas Aabel (1911-yil 21-fevral – 1948-yil 29-dekabr) — norvegiyalik aktyor va tarjimon.
Oila Andreas Aabel aktyor Hauk Aabel va aktrisa Svanhild Johannessenning oʻgʻli, aktyor Per Aabelning ukasi. U shifokor va shoir Andreas Leigh Aabelning nabirasi boʻlgan. 1936-yilda Ellen Johanne Didriksen (1911–2001) bilan turmush qurgan.
Karyerasi Andreas Aabel 1930-yilda Central Theaterda teatr sahnasida debyut qilgan. U 1932-yildan 1948-yilgacha beshta filmda suratga tushgan. Aabel 1948-yilda tomoq infeksiyasi sabab vafot etgan.
Filmografiyasi 1932: Prinsessen som ingen kunne målbinde filmida Askeladd rolini ijro etgan. 1933: Jeppe på Bjerget filmida paypoq tikuvchining shogirdi rolida. 1938: Bør Børson Jr. filmida O. G. Hansen rolida. 1946: Et spøkelse forelsker seg filmida Fidias rolida. 1948: Kampen om tungtvannet Kasper Idland rolida ishtirok etgan.
Manbalar
Havolalar
Andreas Aabel Milliy teatr Andreas Aabel Shvetsiya kino ma'lumotlar bazasidaShvetsiya kino ma'lumotlar bazasi Andreas Aabel - Scenewebda
Turkum:1948-yilda vafot etganlar Turkum:1911-yilda tugʻilganlar