Arabov Ilyos Ismatovich (Buxoro viloyati) — oʻzbekistonlik maqomchi xonanda va sozanda. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Oʻzbekiston xalq artisti.

Hayoti Ilyos Arabov Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1991-yilda umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olish bilan birga 5-son bolalar musiqa maktabida dutor chalishni oʻrgangan. 1998–2002-yillarda Buxoro davlat sanʼat bilim yurtining „Anʼanaviy ijrochilik“ boʻlimida tahsil olganhttps://qalampir.uz/uz/news/-2511-98520. Shu yili Oʻzbekiston konservatoriyasiga oʻqishga kirgan va 2006-yilda bakalavr, 2008-yilda magistratura darajasini tugatgan. 2010-yildan bir qancha yillar Oʻzbekiston konservatoriyasining „Anʼanaviy ijrochilik“ kafedrasida dutor sinfiga oʻqituvchilik qilgan. Hozir Ilyos Arabov „Yunus Rajabiy“ nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining „Maqom cholgʻu ijrochiligi“ kafedrasida kafedra mudiri, professor lavozimida faoliyat yuritmoqdahttps://old.gov.uz/uz/news/view/32023.

Faoliyati Ilyos Arabov oʻzbek milliy musiqa sanʼatini Fransiya, Germaniya, Portugaliya, Belgiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Isroil, Estoniya, Latviya, Litva, Vengrya, Gruziya, Azerbayjan, Turkiya, Hindiston, Marokko, Xitoy va Rossiyada targʻib qilganhttps://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/33277. Uning ijrosida radio va televideniya oltin fondiga kiritilgan quyidagi mashhur asarlar mavjud: „Qaro zulfing“, „Qomati“, „Qurbon oʻlam“, „Bebokcha“, „Bilmas“, „Bozurgoniy“, „Na boʻlgʻay“, „Aylab keling“, „Sallamno“, „Gul uzorim“, „Galdr-1-2“, „Oʻtdimu“, „Dilxiroj“, „Saraxbori Dugoh“, „Savti Kalon“, „Mugʻulchai Navo“.

U Sami Yusufning taklifi bilan uning 2023-yilgi konsertida Alisher Navoiy gʻazallaridan birini kuylab, chiqish qilgan.

2025-yilda Buyuk Britaniya London shahri SOAS universitetida ilk bor oʻzbekistonlik ijrochi sifatida master class oʻtkazgan

Mukofotlari 2003-yil — Yunus Rajabiy nomidagi VI Respublika maqom ijrochilari tanlovida 1-oʻrin; 2008-yil — „Nihol“ davlat mukofoti; 2011-yil — „Sharq taronalari“ xalqaro festivalida YUNESKO maxsus sovrini; 2014-yil — „Eʼtirof–2014“ mukofotining „Yilning eng yaxshi anʼanaviy qoʻshiqlar ijrochisi“ yoʻnalishida gʻolibi; 2018-yil - "Ehtirom" mukofoti 2018-yil — Boku shahridagi „Mugʻom olami“ xalqaro festivalida 1-oʻrin; 2021-yil — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artisthttps://old.gov.uz/uz/news/view/32023.. 2026-yil — O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti

Ijod namunalari

Bozurgoniy YouTubeda

Ilmiy faoliyat Ananaviy_cholgu_ijrochiligi_Dutor

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Buxoro viloyatida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar