Mercedes-Benz stadioni — AQShning Jorjiya shtati Atlanta shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion. 2017-yilda Georgia Dome oʻrniga ochilgan ushbu stadion Milliy Futbol Ligasi (NFL)ning Atlanta Falcons, Oliy Liga (MLS)ning Atlanta United va Milliy Ayollar Futboli Ligasi (NWSL) jamoasining uy stadioni hisoblanadi. Stadion Jorjiya shtatiga tegishli boʻlib, AMB Group shirkati tomonidan boshqariladi. 2016-yilda qurilishining umumiy qiymati 1,6 milliard AQSh dollariga baholangan.
Stadion rasman 2017-yil 26-avgustda ochildi. Qurilish ishlari tugagandan soʻng, Georgia Dome stadionida ilgari oʻtkazilgan bir nechta tadbirlar Mercedes-Benz stadioniga koʻchirildi. Mercedes-Benz stadionida futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionatining bir nechta oʻyinlari oʻtkaziladi.
Manbalar