Avstriya futbol assotsiatsiyasi (; ÖFB) – Avstriyada futbol boshqaruvini amalga oshiruvchi tashkilot hisoblanadi. U mamlakatdagi futbol ligasi – Avstriya Bundesligasi, Avstriya kubogini tashkillashtiradi, Avstriya milliy terma jamoasi va ayollar milliy terma jamoasini boshqaradi. Assotsiatsiyaning bosh qarorgohi poytaxt Vena shahrida joylashgan.

Avstriya futbol assotsiatsiyasi 1905-yildan beri FIFA, va 1954-yildan beri UEFA aʼzosi hisoblanadi. 2002-yil 7-apreldan boshlab, Avstriya lotereyasi ijroiya qoʻmitasi direktori Friedrich Stickler Avstriya futbol assotsiatsiyasining prezidenti lavozimini egallaydi. Sticklerni Kurt Ehrenberger, Frank Stronach, Gerhard Kapl va Leo Windtnerlar qoʻllab-quvvatlaydi. 2004-yilda eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, Avstriyada 2 309 ta jamoada toʻp surayotgan 285 000 nafar futbolchi (erkaklar va ayollar) federatsiyaga aʼzo boʻlgan. Shunga qaramay, ruxsat etilmagan yoki norasmiy jamoalarda ham juda koʻp sonli sportchilar futbol bilan shugʻullanadi. Shu tariqa, federatsiya mamlakatdagi eng yirik sport tashkiloti hisoblanadi. Futbol, changʻi sportidan keyin, Avstriyada eng ommabop sport turi hisoblanadi. Futbol katta ahamiyatga ega boʻlib, Avstriyada boy tarix va anʼanalarga ega.

Tarixi 1894-yilda Avstriyada ilk futbol jamoasi – First Vienna Football Club Vena shahrida tashkil etildi. Aynan shu jamoa asosida, 1904-yilda Avstriya futbol assotsiatsiyasi (ÖFB) tuzildi. Uning tashkil topganidan bir yil oʻtib, Avstriya FIFA ga aʼzo boʻldi va 1908-yilda beshinchi FIFA kongressiga mezbonlik qildi. 1913-yilda esa, ular Polsha futbol assotsiatsiyasiga bevosita boʻysunuvchi Galitsiya milliy jamoasini nazorat qilishgan.

Hugo Meisl Avstriya futbol assotsiatsiyasining dastlabki yillaridagi eng taniqli shaxslardan biri boʻlgan. U 1927-yilda bosh kotib va terma jamoa bosh murabbiyi lavozimlarini egallagan. 1936-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida uning jamoasi finalda Italiyaga 2–1 hisobida yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan – bu esa Avstriyaning xalqaro miqyosdagi yagona final oʻyini boʻlib qolmoqda. Meisl boshchiligidagi jamoa „Wunderteam“ (Moʻjiza jamoasi) laqabini olgan va u 1931-yil 12-apreldan 1932-yil 23-oktabrgacha 14 ta ketma-ket oʻyinda magʻlub boʻlmagan. Bu seriyadagi eng yodda qolgan natijalar – Germaniyaga qarshi 6:0 (Berlin) va 5:0 (Vena) hisobidagi yirik gʻalabalar boʻlgan.

1950-yillar Avstriya futbolining yirik yutuqlari bilan esda qolgan. Bu davrda Ernst Ocwirk (ikki marta FIFA Jahon yulduzlar jamoasi sardori boʻlgan), Ernst Happel, Gerhard Hanappi va Walter Zeman kabi mashhur futbolchilar toʻp surgan. 1954-yilgi Jahon chempionati Avstriya futbol assotsiatsiyasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli musobaqalardan biri hisoblanadi. Avstriya, Italiyada boʻlib oʻtgan 1934-yilgi Jahon chempionatida 4-oʻrinni egallaganidan yigirma yil oʻtib, yana eng kuchli jamoalar safiga qaytdi.

Hududiy assotsiatsiyalar

Burgenland futbol assotsiatsiyasi ( – BFV) (1923) Karintiya futbol assotsiatsiyasi () Quyi Avstriya futbol assotsiatsiyasi ( – NÖFV) (1911) Yuqori Avstriya futbol assotsiatsiyasi ( – OFV) (1919) Zalsburg futbol assotsiatsiyasi ( – SFV) (1921) Stiriya futbol assotsiatsiyasi ( – StFV) (1923) Tirol futbol assotsiatsiyasi ( – TFV) (1919) Vorarlberg futbol assotsiatsiyasi ( – VFV) (1920) Vena futbol assotsiatsiyasi ( – WFV) (1923)

Sobiq hududiy assotsiatsiyalar

Polsha futbol assotsiatsiyasi ( – ZPPN) 1911–1920-yillarda Galitsiya va Lodomeriya Qirolligi hududida, markazi Lembergda (bugungi Lvov) joylashgan holda faoliyat yuritgan. Keyinchalik u Varshavada joylashgan Polsha futbol assotsiatsiyasi tarkibiga qoʻshilgan. Germaniya Alp togʻlari futbol assotsiatsiyasi () (1911, Grats shahri) Avstriya sport ishchilari va askarlari ittifoqi ()

Prezidentlar

1904–1906: Heinrich Strehblow 1906–1907: Ignaz Abeles 1907–1914: Adolf Wallner 1914–1922: Ignaz Abeles 1922–1926: Karl Volkert 1926–1938: Richard Eberstaller 1945–1955: Josef Gerö 1955–1969: Hans Walch 1970–1976: Heinz Gerö 1976–1982: Karl Sekanina 1982–1984: Herbert Raggautz va Heinz Gerö (vaqtincha) 1984–2002: Josef „Beppo“ Mauhart 2002–2008: Friedrich Stickler 2008–2009: Kurt Ehrenberger (vaqtincha) 2009–2021: Leo Windtner 2021–2023: Gerhard Milletich 2023–hozir: Klaus Mitterdorfer.

Hozirgi homiylar

Uniqa Admiral Puma Magenta Tipp3 Volkswagen ORF Kronen Zeitung Geomix Raiffeisen Bank International Stiegl ÖBB Burgenland Coca-Cola

Yana qarang Avstriya milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:UEFA milliy aʼzolari Turkum:Avstriyada futbol Turkum:Avstriyada futzal