1976-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (), Torontolimpiada – 1976 Nogironlar uchun Olimpiada nomi bilan tanilgan, nogironlar oʻrtasida oʻtkazilgan beshinchi Paralimpiada oʻyinlari edi. Oʻyinlar 1976-yil 3-11-avgust kunlari Kanadaning Ontario shtatidagi Toronto shahrida boʻlib oʻtgan, bu Paralimpiyaning birinchi marta Amerikada va Kanadada oʻtkazilishi edi. Oʻyinlar Montrealda boʻlib oʻtgan 1976-yilgi Yozgi Olimpiadaning tugashidan ikki kun oʻtib boshlangan.

Tavsifi Bu Paralimpiya oʻyinlariga birinchi marta global siyosat aralashgan voqea edi. „Muammo Janubiy Afrika terma jamoasini qabul qilish, ularning ajratish va irqchilikka nisbatan hukumat siyosatini norasmiy tasdiqlash bilan teng edi“. Garchi Janubiy Afrika terma jamoasi oʻsha paytda koʻp irqli jamoa boʻlsa-da, Kanada hukumati 500 000 Kanada dollarini asosiy byujetdan qaytarib oldi va „shahar hukumati tomonidan ham shunga oʻxshash mablagʻlar qaytarilishi mumkin“ligi maʼlum qilindi Oxir-oqibat, provinsiya hukumati Queenʼs Parkda bu xarajatlarni qopladi..

International Sports Organisation for the Disabled va International Stoke Mandeville Games Federation prezidenti boʻlgan Ludwig Guttmann qaror qabul qilishda ishtirok etgan. Guttman va Tashkiliy qoʻmita raisi Robert Jackson Kanada hukumati bilan delegatsiyalarni pulsiz yuborish boʻyicha vaʼdalarini bajarishga ishontirish uchun harakat qiladilar va muvaffaqiyatga erishishadi. Biroq, 1976-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 25 mamlakat oʻyinlarni boykot qilganidan keyin, bir qancha Afrika mamlakatlari Paralimpiadada ishtirok etishdan voz kechishdi va bu vaziyatdan keyin Milliy Olimpiada qoʻmitasi kelajakdagi tadbirlardan chetlashtirilishi mumkinligi eʼlon qilindi. Keyinchalik, Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi bilan qoʻshma siyosat ishlab chiqish uchun bir qator harakatlar amalga oshirilgan.

Rodeziya oʻyinlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmadi, chunki Kanada hukumati Rodeziya Paralimpiya terma jamoasiga musobaqada ishtirok etish uchun vizalar berishdan bosh tortdi.

Musobaqa maydonlari

1976-yilgi oʻyinlarning ochilish marosimi Etobicoke shimolidagi Woodbine Race Trackda boʻlib oʻtdi. Sportchilar qishlogʻi boʻlmagani sababli, ishtirokchilar York Universiteti (Keele kampus), Toronto Universiteti (St. George kampus) va CNIB milliy bosh qarorgohida joylashgan edi. Isroil sportchilari xavfsizlik xavotirlari tufayli maxfiy joylashgan toʻrtinchi hududga joylashtirilgan, chunki terror hujumining haqiqiy xavfi mavjud edi. Yopilish marosimlari va yengil atletika musobaqalari Centennial Park stadionida boʻlib oʻtdi. Centennial gimnaziyasi va Centennial Park Olympic havzasi suzish musobaqalari uchun moʻljallangan edi.

OAV qamrovi

1976-yilgi oʻyinlar Paralimpiya musobaqalarining birinchi marta televizion koʻrsatilishi bilan ajralib turgan. Baʼzi musobaqalar jonli efirda koʻrsatildi, Janubiy Ontario tomoshabinlari uchun kunlik byulletenlar tayyorlandi.

Toronto hududida, mahalliy kabel kompaniyalari (Trillium Cable va Rogers Cable kabi) oʻyinlarni 10-kanalda efirga uzatdi, chunki CTV va Global TV bu efirni rad etishgan.

Sport turlari 1976-yilgi oʻyinlarda birinchi marta amputantlar va koʻzi ojiz sportchilar ishtirok etdi, ilgari Paralimpiya oʻyinlarida faqat nogironlar aravachasida harakatlanuvchi sportchilari ishtirok etgan. Yengil atletika sporti doirasida 200 m, 400 m, 800 m va 1500 m masofalarga nogironlar aravachasida poyga qoʻshildi. Oʻq otish va goalball, ilgari ham sport turlari tarkibida boʻlgan, rasmiy medal beruvchi sport turlari sifatida esa shu Paralimpiada oʻyinlarida dasturga kiritilgan.

Kamondan otish Yengil atletika Darts Goalball chim toʻpi Oʻq otish Snooker Suzish Stol tennisi Voleybol Ogʻir atletika Nogironlar aravachasida basketbol Nogironlar aravachasida qilichbozlik

Medallar jadvali

Oltin medallar soni boʻyicha eng yaxshi 10 MPQ roʻyxati keltirilgan. Mezbon davlat – Kanada maxsus ajratib koʻrsatilgan.

Ishtirok etgan delegatsiyalar Toronto Paralimpiadasida 41 nafar MOQ delegatsiyasi ishtirok etgan. Birma, Kolumbiya, Ekvador, Gretsiya, Gvatemala, Indoneziya va Lyuksemburg birinchi marta bu oʻyinlarda qatnashdi.

Janubiy Afrika toʻrtinchi marta Paralimpiadada qatnashdi. Garchi aparteid siyosati tufayli Olimpiya oʻyinlaridan chetlashtirilgan boʻlsa-da, 1980-yilgacha Paralimpiada oʻyinlaridan chetlatilmagan va Kanada, mezbon davlat sifatida, uning ishtirokiga qarshilik bildirmadi. Biroq, bu aparteid siyosati tugatilishidan oldingi uning soʻnggi Paralimpiada oʻyini boʻlgan. Niderlandiya, 1980-yilgi oʻyinlar mezbonlari sifatida, Janubiy Afrikaning keyingi ishtirokini „nomaqbul“ deb eʼlon qilgan„'Niderlandiya apartheidga qarshi' – 1970-yillar“, Xalqaro Ijtimoiy Tarix InstitutiJanubiy Afrika Paralimpiadalarda, Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi.

Yana qarang

Kanada Paralimpiadalarda Kanadada boʻlib oʻtgan jahon Paralimpiadalari: 1976-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari – Toronto 2010-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari – Vankuver – Whistler 1976-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari 1976-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari

Manbalar

Paralimpiya Paralimpiada, 1976 Paralimpiada Turkum:Kanadadagi koʻp sport turlari boʻyicha musobaqalar Paralimpiya oʻyinlari Paralimpiya oʻyinlari Turkum:1976-yil avgustda Kanadada boʻlib oʻtgan sport tadbirlari Turkum:Torontoda boʻlib oʻtgan xalqaro sport musobaqalari