„Mission to Turkestan“ () – rossiyalik davlat arbobi, graf K. K. Palen qalamiga mansub memuar. Asarda Pahlen 1908–1909-yillarda Rossiya imperatori nomindan Turkistonga qilgan tekshiruv sayohati davomida boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Pahlen Turkistondagi rus imperial maʼmurityati faoliyatini tekshirish uchun tuzilgan senat qoʻmitasi raisi boʻlgan. Qoʻmita tuzgan hisobot Turkistonning XX asr boshidagi tarixi boʻyicha muhim manbalardan biri hisoblanadi.

Ammo „Mission to Turkestan“ Pahlenning shaxsiy memuari boʻlib, teskshiruv hisobotidan farq qiladi. Muallif Turkistonda toʻplagan barcha qaydlar inqilob davomida yoʻqolgani uchun 1922-yilda, yaʼni sayohatidan 13 yil oʻtib oila aʼzolariga sarguzashtlarini olmon tilida ogʻzaki hikoya qilib bergan.

Muallif tirikligida qoʻlyozma chop etilmagan. 1964-yil uning oilasida saqlangan qoʻlyozmani N. J. Couriss ingliz tiliga tarjima qilgan. Inglizcha nashr ilk bor 1964-yil Oksford universiteti nashriyotida chop etilgan. Inglizcha tarjimani oʻsha paytda Queen's universitetida ishlagan amerikalik tarixchi Richard Pierce tahrirlagan va nashr uchun kirish soʻz yozgan.

Taqrizi Britaniyalik tarixchi Malcolm Yapp kitobga yozgan taqrizida Pahlen Turkistondagi rus maʼmuriyatidagi korruptsiya va qoidabuzarliklarni batafsil yoritganini olqishlagan, ammo muallif ayrim holatlarda eshitgan maʼlumotlargagina tayanganini taʼkidlab, asarga ehtiyotkorlik bilan yondashishga undagan. Shunga oʻxshash tarzda, amerikalik tarixchi Edward A. Allwarth ham Pahlen 1900-yillardan oldingi tarixni xato va chala bayon qilganini taʼkidlagan. Xususan, Allworth Pahlen Andijon qoʻzgʻoloni boshida turganlar dorga osilgani haqida indamay, shunchaki surgun qilingan deb yozganiga eʼtibor qaratgan.

Manbalar

Turkum:Ingliz tilidagi kitoblar Turkum:Avtobiografiya kitoblar