João Pedro Junqueira de Jesus (2001-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) João Pedro nomi bilan ham tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi.

Yoshlik yillar João Pedro Braziliyaning San Paulu shtatidagi Ribeirão Preto shahrida Flavia Junqueira va José João de Jesus (Chicão nomi bilan tanilgan) oilasida tugʻilgan. Otasi Chicão sobiq professional futbolchi boʻlib, asosan „Botafogo-SP“ tarkibidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 2002-yilda u qotillikka sheriklikda ayblanib, oʻn olti yilga qamalgan va sakkiz yilini qamoqda oʻtagan. Chicão qamoqqa olingan paytda u va Flavia Junqueira ajrashib boʻlishgan edi.

Klublardagi karyerasi Fluminense João Pedro faoliyatin „Fluminense“ klubi yoshlar akademiyasida boshlaydi va onasi bilan birga Rio-de-Janeyroga koʻchib oʻtadi. Akademiyada u dastlab himoyaviy yarim himoyachi sifatida, keyinchalik hujumkor yarim himoyachi, soʻngra hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. 2018-yil 19-oktyabrda, hali asosiy jamoa safida debyut qilmasidan avval, EFL Championship ligasida harakat qiluvchi „Watford“ klubi 2020-yil yanvardan kuchga kiradigan besh yillik shartnoma asosida João Pedroni sotib olish boʻyicha kelishuvga erishgan.

2019-yil 28-mart kuni João Pedro „Fluminense“ safida birinchi jamoa uchun debyutini Campeonato Carioca doirasida „Flamengo“ga qarshi oʻyinda (2:1 hisobida magʻlubiyat) soʻnggi daqiqlarda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan. Oradan bir oy oʻtib, 29-aprelda u Série A doirasida „Goiás“ga qarshi oʻyinda (1:0 hisobida magʻlubiyat) ligadagi ilk oʻyinini ham yakuniy daqiqalarda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazgan. Shundan soʻng, u keyingi toʻrt oʻyinda yettita gol urdi, jumladan, Copa Sudamericana musobaqasida „Atlético Nacional“ga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan oʻyinda ham xet-trik qayd etgan.

Watford 2019-yil 30-oktyabrda João Pedroning Buyuk Britaniyaga borish uchun mehnat ruxsatnomasini olgani va 2020-yil yanvar oyida „Watford“ bilan shartnoma imzolashi rasman eʼlon qilingan. Dastlab jahon boʻyicha COVID-19 pandemiyasi sababli koʻplab uchrashuvlar bekor qilinganiga qaramay, Pedro 2020-yil 26-sentyabrda, oʻzining 19 yosh tugʻilgan kunida „Luton Town“ga qarshi oʻyinda (1:0) Watford safidagi ilk golini kiritgan. 2020-yil 16-oktabrda esa u uzoq masofadan kiritgan goli evaziga jamoasining „Derby County“ ustidan gʻalaba qilishini taʼminlagan.

Pedro oʻzining Premyer-ligadagi ilk golini 2021-yil 20-noyabrda „Manchester United“ga qarshi uchrashuvda kiritdi va uni vafot etgan oʻgay otasi Carlos Junior xotirasiga bagʻishladi. 2022-yil 15-yanvarda esa u 88-daqiqada „Newcastle United“ darvozasiga hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Brighton and Hove Albion 2023-yil 5-may kuni Premyer-liga klubi „Brighton & Hove Albion“ João Pedroni „Watford“dan sotib olganini tasdiqladi. Transfer summasi oshkor qilinmagan boʻlsa-da, u klub rekordini yangilagan 30 million funt atrofida boʻlgani xabar qilindi. 2023-yil 12-avgust kuni mavsumning dastlabki uchrashuvida u debyutini oʻtkazib, asosiy tarkibda maydonga tushdi va penalti orqali gol urib „Luton Town“ ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi gʻalabaga hissa qoʻshdi.

Pedro 2023-yil 21-sentyabrda Qitʼa miqyosidagi turnirlar doirasida klub tarixidagi ilk gollarini kiritdi. Futbolchi ikkita penaltini aniq yoʻllab, Yevropa Ligasi doirasidagi uchrashuvda Gretsiya chempioni „AEK Athens“ qarshi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda oʻz nomini tarixga yozdirib qoʻydi. U guruh bosqichini oltita oʻyinda oltita gol bilan yakunlab, musobaqaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi hamda soʻnggi uchrashuvda kiritgan soʻnggi daqiqalardagi goli evaziga „Brighton“ guruhda birinchi oʻrinni egallab, nimchorak finalga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishini taʼminladi.

2024-yil 24-avgust kuni Pedro „Manchester United“ qarshi bahsda (2:1) uchrashuv yakuniga yaqin gʻalaba golini kiritigan.

2025-yil 19-aprelda u „Brentford“ himoyachisi Nathan Collins yuziga qoʻli bilan urib yuborgani uchun maydondan chetlatildi va uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi.

Chelsea 2025-yil 2-iyul kuni Pedro Premyer-liganing „Chelsea“ klubi bilan 2033-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. Transfer summasi 55 million funt sterling va qoʻshimcha 5 million funt bonuslar ekanligi maʼlum qilindi. Shu kuni u „Chelsea“ning 2025-yilgi FIFA Klub Jahon chempionati uchun ikkinchi roʻyxatga olish oynasida tarkibga kiritildi.

Pedro 4-iyul kuni chorak finalida „Palmeiras“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi. 8-iyul kuni yarim final bahsida u bolalikdagi klubi „Fluminense“ga qarshi oʻyinda ikki marotaba raqib darvozasini ishgʻol qilgan. Finalda esa soʻnggi gol muallifi boʻlib, „Paris Saint-Germain“ ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi.

Statistikasi Klub

+KlubMavsumLigaShtat ligalariIchki kuboklarLiga KubogiMintagaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFluminense2019Série A2544142—43—3710Watford2019-2020Premyer-liga30—2000——502020–2021Championship389—1010——4092021–2022Premyer-liga283—1100——2942022–2023Championship3511—0000——3511Umumiy10423—4110——10924Brighton & Hove Albion2023–2024Premyer-liga319—251066—40202024–2025Premyer-liga2710—3000——3010Umumiy5819—551066—7030Chelsea2024–2025Premyer-liga—————33332025–2026Premyer-liga00—000000—00Umumiy00—0000003333Karyerasidagi umumiy1884641138201093321967

Terma jamoa

+ Terma jamoaYilOʻyinlarGollarBraziliya202310202410202510Umumiy30

Sovrinlar Chelsea FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2025

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Fluminense FC futbolchilari Turkum:Watford F.C. futbolchilari Turkum:Brighton & Hove Albion F.C. futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar