Ahmad Adipovich Engurazov (1965-yil 10-avgustda tugʻilgan) – sovet, tojik va rus futbolchisi. Futbolchilik faoliyatining katta qismini Rossiya klublarida, darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.
Biografiya
Futbolchilik faoliyati Ahmad 1990-yilgacha Sovet Ittifoqi ikkinchi ligasining „Znamya Truda“ va „Vaxsh“ klublarida oʻynagan. 1990-yilgi mavsum ikkinchi yarmida Dushanbening Pomir klubi tarkibiga oʻtgan. Pomir jamoasida Andrey Manannikovga zaxira darvozabon sifatda faoliyat olib borgan. Engurazov Pomir jamoasida bir yarim yil ichida u bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazib, uchta gol oʻtkazib yuborgan.
Ittifoq parchalanganidan soʻng, koʻplab „Pomir“ futbolchilari kabi Rossiyaga koʻchib oʻtgan. Engurazov 1992-—1993-yillarda Kolomnaning „Viktor-Avangard“ jamoasida asosiy darvozabon sifatida oʻynagan.
1994-yildan 1996-yilgacha Moskva viloyatining Saturn (Ramenskoye) klubi tarkibida oʻynagan. Bu davrda 120 ta oʻyin oʻtkazgan va 80 ta gol oʻtkazib yuborgan.
2002 va 2003-yillarda „Regar-TadAZ“ jamoasi safida Hamdoʻstlik chempionlari kubogida oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati Moskvadagi oʻsmirlar sport maktabida darvozabonlar murabbiyi boʻlib ishlagan. 2009-yilda 8x8 futbol boʻyicha Rossiya chempionatida „Kait“ jamoasi tarkibida oʻynagan.
Keyinchalik Fyodor Cherenkov (Spartak Moskva) nomidagi futbol akademiyasida darvozabonlar murabbiyi, 2001, 2002 va 2003-tugʻilgan yosh davrvozabonlar ustozlik qilgan .
Shaxsiy hayoti Uning akasi Vois va jiyani Damir ham futbolchi. U koʻplab jamoalarda akasi Vois bilan bir jamoada oʻynagan.
Manbalar
Havolalar
Ahmad Engurazov Footballfakts saytida Ahmad Engurazov Footballdatabase saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:FC Znamya Truda Orekhovo-Zuyevo futbolchilari Turkum:FC Khatlon futbolchilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FC Leon Saturn Ramenskoye futbolchilari Turkum:FK Avangard-Kortek futbolchilari Turkum:FK Vityaz Podolsk futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari