Sergey Leonidovich Piskarev (1972-yil 31-avgustda tugʻilgan) – Tojikistonda tugʻilgan rus millatiga mansub sobiq futbolchi va futbol murabbiyi. Futbolchilik faoliyati davomida himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Sergey futbolchilik faoliyatini Dushanbening „Pomir“ klubida boshlagan. U SSSR chempionatida ikki mavsumda ushbu jamoa tarkibida bitta oʻyin oʻtkazgan. 1990—1991-yillar klbuning oʻrinbosarlar tarkibida oʻn sakkizta oʻyin oʻtkazgan. 1992-yilda Rossiyaga koʻchib ketgan va u yerda Kolomnaning „Avangard“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Avangard klubi tarkibida uch mavsum oʻynagan va yuzdan ortiq oʻyinda ishtirok etgan. 1995-yilgi mavsumda Saturn Ramenskoye klubiga oʻtgan va jamoaning Premyer-ligaga yoʻllanma olishga yordam bergan. Keyinchalik Sergey, Kolomnaga qaytib kelgan va u yerda 2003-yilgacha mahalliy klubda oʻynagan.

1996—1998-yillarda Tojikiston terma jamoasi safida sakkizta oʻyin oʻtkazgan. 1998-yilgi futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlarida Tojikiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

Yutuqlar

Rossiya birinchi ligasi gʻolibi (1): 1998-yil

Manbalar

Havolalar

Sergey Piskarev Transfermarkt saytida

Sergey Piskarev Footballfakts saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:FK Avangard-Kortek futbolchilari Turkum:FC Kolomna futbolchilari Turkum:FK Energetik Uren futbolchilari Turkum:FK Vazrob klubi futbolchilari Turkum:Regar-TadAZ klubi futbolchilari Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik futbol murabbiylari