Zoir Nuraliyevich Boboyev (1961-yilda, Dushanbe shahrida tugʻilgan) – sobiq sovet futbolchisi va tojikistonlik futbol murabbiyi. Tojikiston Respublikasining xizmat koʻrsatgan murabbiyi.
U Tojikiston terma jamoasi va bir qator Tojikiston klublaridagi faoliyati bilan tanilgan.
Biografiyasi Futboldagi faoliyatini „Spartak“ bolalar va oʻsmirlar sport maktabida boshlagan.
Politexnika institutini tamomlagan, respublika birinchiligida „Chashma“ (Shaartuz) va DTB (Dushanbe Trolleybus Boshqarmasi) jamoalari safida toʻp surgan.
Murabbiylik faoliyatini 1986-yilda boshlagan. Respublikaning turli futbol jamoalariga rahbarlik qilgan: Lenin tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, „Chegarachi“ (Moskva tumani), Hosilot (Farxor), Sitora, „Ravshan“ (Koʻlob), „Regar-TadAZ“, „Umed“, „Olimp-Ansol“, „Gvardiya“.
1994 va 2004-yillarda Tojikiston milliy futbol terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
2008-yildan Tojikiston oʻsmirlar futbol terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2010-yilda Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan soʻng lavozimidan ozod etilganZoir BOBOYeV OTPRAVLYeN V OTSTAVKU! Zoir BOBOYeV: „Eto proval vsego tadjikskogo futbola“ . Keyinchalik Zoir Boboyev Dushanbening „CSKA Pomir“ klubida maslahatchi boʻlganOfitsialniy sayt futbolnogo kluba TsSKA Pamir .
Yutuqlar Murabbiy sifatida
Tojikiston chempioni: 1993, 1994 Tojikiston kubogi sohibi: 1993
Manbalar
Havolalar
Zoir Boboyev Footballfakts saytida
Zoir Boboyev Transfermarkt saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Xosilot klubi futbolchilari Turkum:SSSR futbol murabbiylari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:Hosilot futbol klubi murabbiylari Turkum:Ravshan futbol klubi murabbiylari Turkum:Regar-TadAZ futbol klubi murabbiylari Turkum:Tojikiston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari