Edo daryosi () – Yaponiyaning Kantō viloyatidagi daryo.
Daryo Sekiyado tumanining shimoliy chekka nuqtasidagi Tone daryosidan ajralib chiqadi va Nagareyama hamda Matsudo orqali oqib oʻtadi. Chiba prefekturasidagi Ichikawa shahrida Tokio koʻrfaziga quyiladi. Edo daryosi Tokio, Chiba va Saitama prefekturalari chegaralarini tashkil etadi. Daryo uzunligi 59,5 km.
Edo daryosining hozirgi oqimi aslida Tone daryosining quyi oqimi boʻlgan. 1654-yilda Tokugava shogunligi Edo shahrini suv toshqinlaridan himoya qilish maqsadida Tone daryosining oqimini yoʻnaltirgan. Edo daryosi esa Kantō mintaqasining shimol va sharqini Edo poytaxtiga bogʻlash uchun, xususan, Chōshi va Tinch okeani qirgʻoqlaridagi boshqa shaharlaridan katta miqdordagi yuklarni poytaxtga olib kelish maqsadida ishlatilgan. Tokio mintaqasi sanoatlashtirilishidan oldin daryo lotus ildizlarini yetishtirish uchun ham foydalanilgan.
Ichki suv transporti XX asr boshlarida Kantō mintaqasida temiryoʻl yuk tashish tarmogʻi keng rivojlanishi sabab toʻxtatilgan, ammo Edo daryosi hanuz sanoat ishlab chiqarishi uchun suv manbai hamda Tokio metropoliteni zich aholili hududlaridan drenaj tizimi sifatida muhim ahamiyatga ega.
Tokyo Disneyland Edo daryosining yoʻnaltirilgan irmogʻi – Kyū Edo daryosi yonidagi sunʼiy koʻl boʻyida joylashgan boʻlib, Urayasu va Edogava maʼmuriy hududidagi Minamikasai hududlari oraligʻida Tokio koʻrfaziga quyiladi.
Manbalar
Havolalar
(mouth)
Turkum:Yaponiyadagi daryolar