Mamadou Sarr (2005-yil 29-avgustda tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, hozirda markaziy himoyachi sifatida Ligue 1ning „Strasbourg“ klubi safida ijarada oʻynaydi, asosiy shartnomasi esa Premyer-liganing „Chelsea“ klubiga tegishli.

Yoshligi U sobiq Senegal terma jamoasi futbolchisi Pape Sarrning oʻgʻli. Mamadou otasi "Istres" safida toʻp surayotgan paytda Martigues shahrida tugʻilgan. Otasi faoliyatining katta qismini „Lens“ jamoasida oʻtkazganligi sabab futbolchining bolaligini asosan Nord-Pas-de-Calais hududida oʻtgan.

Dastlabki faoliyat Sarr oʻzining futbolchilik faoliyatini „Étoile Sportive de Saint-Laurent-Blangy“ klubida boshlagan, keyin esa otasi oʻynagan „Lens“ akademiyasiga qoʻshilgan. 2018-yilda esa „Lyon“ klubing akademiyasiga oʻtgan.

2021–2022-yilgi mavsumda, atigi 16 yoshida u „Les Gones“ („Lyon“ning laqabi) U-19 jamoasida asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Shu tariqa u Hugo Vogel va Mohamed El Arouch kabi futbolchilar bilan birga jamoasining Coupe Gambardella musobaqasida gʻalaba qozonishida muhim rol oʻynadi. Sarr chorak finalda „Strasbourg“ga, yarim finalda esa „Troyes“ga qarshi oʻyinda gol kiritgan.

Klublardagi karyerasi 2023-yil 27-may kuni Sarr „Lyon“ safida oʻzining professional futboldagi debyutini oʻtkazdi. U Ligue 1 doirasidagi „Reims“ga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan oʻyinning 83-daqiqasida Maxence Caqueret oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi.

2024-yil 18-yanvarda u mavsum oxirigacha Belgiyaning "RWD Molenbeek klubiga ijara berildi. U yerda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq jamoa quyi ligaga tushib ketdi.

2024-yil 22-avgustda Sarr 10 million yevro evaziga Ligue 1ning „Strasbourg“ jamoasiga oʻtdi va ular bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

2025-yil 9-iyunda esa u Angliya Premyer-ligasi klubi „Chelsea“ bilan sakkiz yillik shartnoma imzoladi. Shunga qaramay, 2025-yil 1-avgust kuni aristokratlar Sarrni butun mavsum davomida ijarada „Strasbourg“ safida oʻynashini maʼlum qildi.

Terma jamoadagi karyerasi Senegal safi ham oʻynash huquqiga ega boʻlsa-da, Sarrning oʻzi Fransiya yoshlar jamoasini tanladi va hatto U-17 jamoasida bir necha bor sardorlik bogʻichini ham taqib maydonga chiqdi.

2022-yil aprel oyida u Isroilda boʻlib oʻtgan UEFA U-17 Yevropa chempionati uchun Fransiya terma jamoasiga chaqiruv oldi. Musobaqa davomida u asosiy tarkib futbolchisi boʻlib oʻynadi va Fransiya finalda Niderlandiyani 2:1 hisobida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi. Bu uchrashuvda Saël Kumbedi dubl qayd etdi.

Oʻyin uslubi Futbolchining asosiy pozitsiyasi markaziy himoyachi boʻlsa-da u „Lyon“ akademiyasidagi bir necha oʻyinlarda tayanch yarim himoyachisi sifatida ham maydonga tushgan.

Statistikasi

+ KlubMavsumLigaMahalliy kuboklarLiga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarLyon B2022–2023Championnat National180————1802023–2024Championnat National 341————41Umumiy221————221Lyon2022–2023Ligue 11000———102023–2024Ligue 11010———20Umumiy2010———30RWD Molenbeek (ijara)2023–2024Belgian Pro League100————100Strasbourg2024–2025Ligue 127010———280Chelsea2024–2025Premyer liga————10102025–2026Premyer liga000000000000Umumiy000000001010Strasbourg (ijara)2025–2026Ligue 11000—10—20Karyerasidagi umumiy62020001010660

Sovrinlar Chelsea FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2025

Lyon U-19 Coupe Gambardella: 2022

Fransiya U-17 UEFA U-17 Yevropa Chempionati: 2022

Fransiya U-19 UEFA U-19 Yevropa Chempionati finalchisi: 2024 France U20

Maurice Revello Tournament: 2025 Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Senegallik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari

Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari