Qodir ( — kuchli, qudratli, qudrati yetadigan; layoqatli; Allohning sifatlaridan biri) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Qodir-xon (Qoraxoniy) — Qoraxoniylar Fargʻona kagʻonligining hukmdori; Qodir Bux Bedil — tasavvuf shoiri va olim; Qodir Fozilxoʻjayev — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980-yil). Tarix fanlari doktori (1969-yil), professor (1974-yil); Qodir Gʻulomov — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1980); Qodir Mirmuhamedov — oʻzbekistonlik tarjimon va kinossenariychi; Qodir Norxoʻjayev — oʻzbek geodezist olimlaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1974), texnika fanlari nomzodi (1940); Qodir Qulmanov — sovet temir yoʻl xodimi, oʻqituvchi, Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan transport xodimi; Qodir Tojiyev — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990); Qodir Toshbekov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1998); Qodir Tyuryakulov — sovet davlat arbobi, sanoatchi, iqtisodchi; Qodir Yusupov — oʻzbekistonlik isteʼfodagi diplomat; Qodir Zokirov — botanik, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1956), biologiya fanlari doktori (1951), professor (1951); Qodirali Egamberdiev — O‘zbekiston SSR Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Kalinin nomidagi kolxoz rahbari; Qodirjon Botirov — qirgʻizistonlik oʻzbek tadbirkor va siyosatchi; Qodirjon Haydarov — yogʻoch oʻymakori, Qoʻqon yogʻoch oʻymakorlik maktabining yirik vakili, ustazoda. Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1963); Qodirqul Abdirazoqov — sovet xoʻjalik, davlat va siyosiy arbobi.

Familiyalar

Qodirov Qodirova

Manbalar

Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari