Jeanette Clare Chippington (qizlik familyasi Esling; 1970-yil 21-aprelda tugʻilgan) – britaniyalik paralimpiya suzuvchisi va parakanoechi. Chippington Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan yettita Paralimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan, ulardan beshtasi suzish boʻyicha Yozgi Paralimpiada oʻyinlari, 1988 Seul, 1992 Barselona, 1996 Atlanta, Sidney 2000 va Afina 2004. S6 klassifikatsiyasi suzuvchisi sifatida u asosan 50 metr va 100 metrga erkin usulda suzish musobaqalarida qatnashgan. Suzishdan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Chippington nogironlar sportiga qaytgan va jahon darajasidagi parakanoechi boʻlib, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida oltin medal va 2020 Tokio Paralimpiya oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti Chippington 1970-yilda Angliyaning Taplow shahrida tugʻilgan va Jeanette Chippington Esling ism-familyasi berilgan. 1982-yilda u virus yuqtirib olgan, bu esa uning orqa miyasiga zarar yetkazgan va oʻz navbatida uning ikkala oyogʻining falajlanishiga sabab boʻlgan. U 1998-yilda turmush qurgan va turmushining ilk kunlarida XPQ Suzish Jahon Chempionatida qatnashish uchun Yangi Zelandiyaga uchib borgan. Uning ikki farzandi bor. Jeanette Chippington suzish boʻyicha oʻqituvchi va murabbiy sifatida ishlaydi.
Suzish faoliyati Jeanette Chippington kasalligidan keyin fizioterapevtining tavsiyasiga binoan suzishni boshlagan. U 1985-yilda oʻzining birinchi yirik musobaqasiga qatnashgan va dastlab toʻrtta asosiy suzish usulida qatnashgan boʻlsa-da, 50 m va 100 metrga erkin usulda suzish ustasi sifatida faoliyat olib borgan. 1988-yilda u Seuldagi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari uchun Buyuk Britaniya terma jamoasiga kiritilgan va ayollar oʻrtasida 100 metrga chalqancha usulda suzish va erkin usulda suzish L4 musobaqalarida ishtirok etgan. U yerda Jeanette Chippington 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida ikkinchi oʻrinni egallab, oʻzining birinchi Paralimpiya medalini qoʻlga kiritgan. Chippington toʻrt yildan soʻng Barselonadagi 1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya terma jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Paralimpiada oʻyinlari davomida u oltita musobaqada ishtirok etib, ulardan bittasida, ayollar 4x50 metrga aralash usulda suzish S1-6 musobaqasida bronza medalini jamoadoshlari Tara Flood, Margaret McEleny va Jane Stidever bilan birgalikda qoʻlga kiritgan.
1996-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari Chippington ishtirok etgan Paralimpiyalar ichida eng muvaffaqiyatlisi boʻlib, u musobaqalarda beshta medal jamgʻargan. Shulardan ikkitasi oltin medal boʻlib, Jeanette Chippington ikkalasining olinish musobaqalarida jahon rekordlarini oʻrnatgan. Ayollar 4 x 100 metrga aralash usulda suzish estafeta bahslarida u McEleny va Stidver bilan birgalikda qatnashgan, yangi aʼzo Jennifer Booth esa oxirgi bosqichda qoʻshilgan. Jamoa 2:52.36 vaqt bilan yangi jahon rekordini oʻrnatgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. Uning ikkinchi oltin medali 100 metrga erkin usulda suzish S6 musobaqasida olingan. Dastlabki poygada Yangi Zelandiyalik Jenny Newstead 1:23.85 jahon rekordi vaqti bilan eng tezkor saralashchi sifatida yakunlagan, Chippington esa uchinchi oʻrinni egallagan. Kuchli raqobatga qaramay, Chippington finalda 1:23:63 vaqt koʻrsatkichini qayd etib, Newsteadning qisqa muddatli rekordini yangilagan holatda, gʻalaba qozongan. U Atlanta oʻyinlarini 50 metrga erkin usulda suzish S6 musobaqasida kumush va 200 metrga erkin usulda suzish S6 va 4x50 metrga aralash usulda suzish estafetasi S1-6 musobaqalarida ikkita bronza medal bilan yakunlagan.
Sidneydagi 2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari Chippingtonga yana toʻrtta Paralimpiya medalini taqdim etdi. Bular ayollar 4 × 100 metrga aralash usulda suzish estafetasi 34 ballda kumush va yana uchta bronza medallaridir. Suzuvchi sifatidagi soʻnggi Paralimpiadasi 2004 Afina oʻyinlarida boʻlgan. Oʻyinlarda ishtirok etish uchun saralashdan oʻtish darajasida yaxshi koʻrsatkichlarga ega emasligiga qaramay, Chippington yana bir medal, 4x50 metrga erkin usulda suzish estafetasi 20 ball musobaqasida kumush medal bilan taqdirlangan.
Parakanoedagi faoliyati Chippington parakanoeni doʻstining bu sport turida oʻzini sinab koʻrish haqidagi taklifidan soʻng boshlagan. 2013-yilda u Duisburgdagi XKF Kanoe Sprint Jahon Chempionatida uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi, ammo keyinchalik uning nogironlik toifasidagi bahslarda faqat kayakda suzish Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlariga kiritilishi eʼlon qilinganida, KL1 200 metr musobaqasiga eʼtibor qaratishga qaror qilgan. Milanda boʻlib oʻtgan 2015-yilgi XKF Kanoe Sprint Jahon Chempionatida Chippington KL1 200 m musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan, bu unga 2016-yilda Rio-de-Janeyrodagi oʻyinlar yoʻllanmasini qoʻlga kiritish imkoniyatini bergan.
Chippington kanoe suv sportidagi xizmatlari uchun 2017-yilgi Yangi yil mukofotlarida Britaniya Imperiyasi ordeni aʼzosi (MBE) va kanoe suv sportidagi xizmatlari uchun 2022-yilgi Yangi yil mukofotlarida Britaniya Imperiyasi ordeni ofitseri (OBE) unvonlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Britaniya Imperiyasi ordeni ofitserlari Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Taplow aholisi Turkum:Ingliz ayol suzuvchilar Turkum:Britaniyalik ayol suzuvchilar Turkum:Britaniyalik ayol kanoechilar Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya suzuvchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya kanoechilari Turkum:Suzish boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:Parakanoe boʻyicha paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya oltin medali sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya kumush medali sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya bronza medali sovrindorlari Turkum:1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:1996-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilar Turkum:1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1996-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:2000-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:2004-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:Britaniya Imperiyasi medali sovrindorlari Turkum:XPQ Kanoe Sprint Jahon Chempionati parakanoe medal sovrindorlari Turkum:S6 klassifikatsiyali para-suzuvchilar Turkum:20-asr britaniyalik sportchi ayollari Turkum:21-asr ingliz sportchi ayollari Turkum:20-asr ingliz sportchi ayollari