Muhammad b. Ahmad b. Hamza al-Manufiy al-Misri al-Ansoriy Shamsiddin ar-Ramliy (; 15131596-yil 13-yanvar milodiy; shuningdek Shamsiddin ar-Ramliy nomi bilan tanilgan) – misrlik sunniy olim boʻlib, oʻz davrining yetakchi shofiʼiy faqihi va muhaddisi sifatida tanilgan. Islomning oʻninchi asr mujaddidi deb ham hisoblangan va „kichik Shofi’iy“ taxallusini olgan. U olim Shihobiddin ar-Ramliyning oʻgʻli edi.
Hayoti Shamsiddin Ramlada 1513-yilda tugʻilgan. Otasidan taʼlim olgan. Otasi huquqshunos va muftiy edi. Shuningdek, Al-Azhar universitetida Zakariyo al-Ansoriy va Al-Xatib ash-Shirbiniydan taʼlim olgan. Tahsilini tugatgach, Shamsiddin Misrning bosh muftiysi boʻldi; bu lavozimni undan avval otasi ham egallagan. Otasi vafotidan soʻng Shamsiddin Al-Azhar universitetida oʻqituvchi boʻldi. Xashshabiyya va Sharifiyyada dars berdi. Shamsiddinning mashhur shogirdlari qatorida al-Munoviy va Ala al-Din al-Babili bor. U Qohirada 1596-yil 13-yanvarda vafot etgan.
Asarlari Nihayat al-Muhtaj Sharj al-Minhaj, an-Navaviyning Minhaj al-Talibin asariga mashhur sharh. Ghayat al-Bayan, Ibn Ruslonning „Zubad“iga mashhur sharh. Al-Gharar Al-Bahiya, an-Nawaviyning „Idoh fi manosik al-hajj“ asariga mashhur sharh. Umdat Al-Rabeh Shayxulislom (Zakariyya al-Ansoriyning) „Tahrir“iga sharh. Otasining fatvolari toʻplami
Yana qarang Ashʼariylar roʻyxati
Manbalar
Turkum:Ashʼariylar Turkum:Shayx ul-islomlar Turkum:Mujaddidlar Turkum:Hadis olimlari Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Sunniy imomlar Turkum:Misrlik imomlar Turkum:Misrlik sunniy musulmon islom olimlari Turkum:1513-yilda tugʻilganlar Turkum:1596-yilda vafot etganlar