José Mário dos Santos Mourinho Félix (1963-yil 26-yanvarda tugʻilgan) – Portugaliyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. José jahondagi eng koʻp mukofotlarga sazovor boʻlgan murabbiylardan biri hisoblanib, barcha davrlarning eng buyuk murabbiylari qatoriga kiradi. Mourinho toʻrtta mamlakatda liga chempionligini qoʻlga kiritgan, ikkita klub bilan Yevropa Kubogini yutgan oltita murabbiydan biri va UEFAning hozirgi uchta klublar musobaqasining barchasida gʻalaba qozongan yagona murabbiydir.
Oʻyinchilik davrida Portugaliya ligalarida yarim himoyachi sifatidagi faoliyatidan soʻng, Mourinho 24 yoshida futbolchilikni tugatib, murabbiylik va tarjimonlik faoliyatini boshlaganMultiple sources:
. U dastlab „Sporting CP“ va „Porto“ jamoalarida angliyalik murabbiy Bobby Robson uchun tarjimon vazifasini bajargan, keyinchalik „Barcelona“ klubida Robson va uning oʻrinbosari Lui van Gal qoʻl ostida yordamchi murabbiy sifatida muvaffaqiyatga erishgan. „Benfica“ va „União de Leiria“ klublaridagi qisqa muddatli murabbiylik faoliyatidan soʻng, Mourinho 2002-yilda „Porto“ klubi bosh murabbiy sifatida qaytgan. Porto klubidagi ikki yillik faoliyati davomida ikki marta Primeira Liga, Portugaliya kubogi, UEFA kubogi va UEFA Chempionlar ligasida gʻalaba qozongan. Bu yutuqlar tufayli 2004-yilda Angliyaning „Chelsea“ klubiga taklif etilgan va shartnoma imzolagan. Londonda birinchi matbuot anjumanida „Menimcha, men alohida shaxsman“ degan mashhur gapni aytdi. Bu soʻzlar Britaniya ommaviy axborot vositalarining uni „The Special One“ („Oʻzgacha shaxs“) deb atashiga sabab boʻlggan. „Chelsea“ klubi bilan Mourinho uch mavsumda ikkita Premyer-liga chempionligi, Angliya kubogi va ikkita Liga kubogini qoʻlga kiritgan. 2007-yilda jamoa egasi Roman Abramovich bilan kelishmovchiliklar haqidagi xabarlar ortidan u klubni tark etishga majbur boʻlgan.
2008-yil yoz oyida Mourinho Italiyaning „Inter“ klubi bosh murabbiyi boʻlgan. U birinchi mavsumidayoq jamoani Seria A chempionligiga yetakladi, 2010-yilda esa Italiya klublari orasida birinchi boʻlib qitʼaviy treblni – Seriya A, Italiya kubogi va UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritggan. Bu natija uni ikki turli klub bilan Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan beshta murabbiydan biriga aylantirgan. Oʻsha yilning oxirida u FIFA tomonidan ilk bor „Yilning eng yaxshi murabbiyi“ deb eʼtirof etilggan. Keyinchalik Mourinho Ispaniyaning „Real Madrid“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va 2011-12-yilgi mavsumda klub bilan La Liga chempionligini qoʻlga kiritib, bir mavsumda toʻplangan ochkolar, urilgan gollar va qozonilgan gʻalabalar boʻyicha bir qator ichki rekordlarni yangilagan. Shuningdek, u toʻrtta mamlakatda liga chempionligini qoʻlga kiritgan beshinchi murabbiy boʻldi. Mourinho 2013-yilda „Real Madrid“ni tark etib, yana „Chelsea“ klubiga qaytggan va u yerda yana bir liga chempionligi hamda Liga kubogini qoʻlga kiritggan. Biroq 2015-yilda natijalar yomonlashgach, u lavozimidan chetlashtirilggan.
Mourinho 2016-yilda Manchester United va 2019-yilda Tottenham Hotspur jamoalarida bosh murabbiyi sifatida ishlagan, biroq ikkala jamoada ham kelishmovchiliklar bilan klubni tark etgan. Shunday boʻlsa-da, Mourinho Manchester United bilan UEFA Yevropa ligasi va Liga kubogini qoʻlga kiritgan, shuningdek, Tottenham jamoasini Liga kubogi finaliga olib chiqqan va finaldan bir hafta oldin ishdan boʻshatilgan. U 2021-yildan 2024-yilgacha Rimning Roma klubini boshqargan va birinchi mavsumidayoq UEFA Yevropa Konferensiyalar Ligasida gʻalaba qozongan. Bu Romaning ilk Yevropa chempionligi va 2008-yildan keyingi birinchi sovrini boʻlgan. Bu gʻalaba Mourinyoni toʻrtta turli klub bilan yirik Yevropa musobaqasida gʻolib chiqqan birinchi murabbiy hamda UEFA klublar musobaqalarining barchasida gʻalaba qozongan uchinchi murabbiyga aylantirgan. José 2024-yil iyul oyida Turkiya Superligasining Fenerbahche klubi murabbiyi sifatida tanishtirilgan, ammo 2025-yil avgust oyida Fenerbaxche Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Benfikaga magʻlub boʻlganidan soʻng ishdan boʻshatilgan.
Mourino 2015-yilda Portugaliya futbol federatsiyasi (PFF) tomonidan „Asrning eng yaxshi Portugaliyalik murabbiyi“ unvoniga sazovor boʻlggan. Uning taktik bilimlari, xarizmatik va bahsli shaxsiyati, hamda chiroyli oʻyindan koʻra natijalarni ustun qoʻyish siyosati tufayli, Mourino koʻpincha argentinalik murabbiy Helenio Herrera bilan taqqoslanadi. Bu taqqoslashlar ham muxlislar, ham tanqidchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Murabbiylik statistikasi
+ Jamoa va lavozim boʻyicha murabbiylik natijalarJamoaTayinlangan sanaBoʻshatilgan sanaNatijalarBenfica2000-yil 20-sentyabr2000-yil 5-dekabrUnião de Leiria2001-yil 1-iyul2002-yil 23-yanvarPorto2002-yil 23-yanvar2004-yil 2-iyunChelsea2004-yil 2-iyun2007-yil 20-sentyabrInter Milan2008-yil 2-iyun2010-yil 28-mayReal Madrid2010-yil 31-may2013-yil 1-iyunChelsea2013-yil 3-iyun2015-yil 17-dekabrManchester United2016-yil 27-may2018-yil 18-dekabrTottenham Hotspur2019-yil 20-noyabr2021-yil 19-aprelRoma2021-yil 1-iyul2024-yil 16-yanvarFenerbahçe2024-yil 2-iyun29 August 2025Jami
Yutuqlari
Murabbiy yordamchisi Porto
Primeira Divisão: 1994-95, 1995-96 Taça de Portugaliya: 1993-94 Supertaça Candido de Oliveyra: 1994-yil
Barselona
La Liga: 1997-98, 1998-99 Qirol kubogi: 1996-97, 1997-98 Ispaniya Superkubogi: 1996-yil Yevropa kubogi egalari kubogi: 1996-97 UEFA Superkubogi: 1997-yil
Murabbiy Porto
Primeira Liga: 2002-03, 2003-04 Taça de Portugaliya: 2002-03 Supertaça Candido de Oliveyra: 2003-yil UEFA Chempionlar Ligasi: 2003-04 UEFA kubogi: 2002-03
Chelsi
Premyer-liga: 2004-05, 2005-06, 2014-15 Angliya kubogi: 2006-07 Futbol ligasi kubogi: 2004-05, 2006-07, 2014-15 FA Community Shield: 2005
Inter
A Seriya: 2008-09, 2009-10 Italiya kubogi: 2009-10 Italiya Superkubogi: 2008-yil UEFA Chempionlar Ligasi: 2009-10
Real Madrid
La Liga: 2011-12 Qirol kubogi: 2010-11 Ispaniya Superkubogi: 2012-yil
Manchester Yunayted
EFL kubogi: 2016-17 FA Community Shield: 2016-yil UEFA Yevropa ligasi: 2016-17
Roma
UEFA Yevropa konferentsiya ligasi: 2021-22
Shaxsiy sovrinlar
Onze „Oltin“ yilning eng yaxshi murabbiyi: 2005 FIFA tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi: 2010 IFFHS dunyoning eng yaxshi klub murabbiyi: 2004, 2005, 2010, 2012 IFFHS dunyoning 2001-2020-yillardagi 21-asrning eng yaxshi murabbiyi Premyer-liganing mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi: 2004-05, 2005-06, 2014-15 Premyer-ligada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2004-yil noyabr, 2005-yil yanvar, 2007-yil mart, 2020-yil noyabr A Seriyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2008-09, 2009-10 A Seriyada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2022-yil avgust Panchina d’Oro: 2009-10 Migel Munos kubogi: 2010-11, 2011-12 UEFA yilning eng yaxshi murabbiyi: 2002-03, 2003-04 UEFA yilning eng yaxshi jamoasi: 2003, 2004, 2005, 2010 World Soccer Magazine yilning eng yaxshi jahon menejeri: 2004, 2005, 2010 Jahon futboli tarixidagi 3-eng buyuk murabbiy: 2013-yil ESPN tarixidagi 9-eng buyuk murabbiy: 2013 Fransiya futboli tarixidagi 13-eng buyuk murabbiy: 2019 BBC yilning eng yaxshi sport shaxsi murabbiyi mukofoti: 2005 La Gazzetta dello Sport yilning eng yaxshi odami: 2010 Xalqaro sport matbuot assotsiatsiyasining dunyodagi eng yaxshi murabbiyi: 2010 Premio Prestígio Fernando Soromenho: 2012 Football Extravaganzaʼs League of Legends (2011)
Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi murabbiyi: 2012 Globe Soccer Awards Futboldagi eng yaxshi ommaviy axborot vositalarini jalb qilish: 2012 Portugaliyalik asr murabbiyi: 2015 PFA Portugaliyada yilning eng yaxshi murabbiyi: 2017-yil Haftaning LMA chiqishlari: 2017-yil 2-dekabr (Arsenal 1-3 Man. Utd), 2018-yil 7-aprel (Man. City 2-3 Man. Utd) Italiya futbol shon-shuhrat zali: 2022
Yana qarang
José and his Amazing Technicolor Overcoat Special 1 TV
Izohlar
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari
Turkum:Portugaliyalik futbol murabbiylar
Turkum:Real Madrid CF murabbiylari Turkum:Manchester United F.C. murabbiylari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. murabbiylari Turkum:AS Roma murabbiylari Turkum:Fenerbahçe S.K. (futbol) murabbiylari Turkum:Primeira Liga murabbiylari Turkum:Angliya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:La Liga murabbiylari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan murabbiylar Turkum:Oltin globus (Portugaliya) sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar