Verena Schott (1989-yil 6-martda tugʻilgan) – nemis para suzuvchisi va Paralimpiya oʻyinlari sovrindori.
Hayoti Schott 1989-yilda Greifswaldda tugʻilgan. 3 yoshida oilasi bilan Saksoniyadagi Bennewitz kommunasiga koʻchib oʻtgan, 8 yoshida suzish bilan shugʻullanishni boshlagan va Wurzen shahridagi suzish klubiga aʼzo boʻlgan. 2002-yilda velosiped haydab ketayotganida uni quvib oʻtayotgan furgon urib yuborgan va Schott ogʻir jarohat olgan. Natijada unga toʻliq boʻlmagan paraplegiya tashxisi qoʻyilgan. Schott hozirgi kunda nogironlar aravachasidan foydalanadi. Sportchi suzish musobaqalarida S7, SM6 va SB5 toifalarida ishtirok etadi.
2010-yilda Schott Leipzigda shu vaqtga qadar mashgʻulot oʻtkazib kelgan klubini tark etdi va Berlin universitetida biologiya fanini oʻrganish uchun shu shaharga koʻchib oʻtdi. U yerda sportchi Matthias Ulm bilan Berlin Paralimpiya sport klubida (PSC Berlin) shugʻullana boshladiPöls, Matthias (29 August 2012). „Von Bennewitz ins Olympia-Becken“. Leipziger Volkszeitung (in German). Archived from the original on 21 December 2014. Retrieved 21 December 2014.. 2011-yil iyun oyida uning Lean ismli oʻgʻli dunyoga kelgan.
Schott 2010-yilda IPC suzish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, SB5 toifasida 100 m brass va SM6 toifasida 200 m kompleks suzish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritdiInfostrada Sports. „Biographies“. International Paralympic Committee. Archived from the original on 20 April 2019. Retrieved 21 December 2014. (search for „Schott“) (PDF). Sport in Berlin (in German). Landessportbund Berlin. September 2012. p. 11. Archived from the original (PDF) on 22 February 2014. Retrieved 21 December 2014.. 2012-yilgi London Paralimpiadasida u 4 ta yoʻnalishda finalga chiqdi va SM6 toifasida 200 m kompleks suzish yoʻnalishida kumush medalga sazovor boʻldi. Ushbu yoʻnalishda sportchi jahon rekordini oʻrnatgan Ellie Simmondsdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. 2013-yilgi jahon chempionatida ham 200 m kompleks suzish bahslarida ikkinchi, 100 m brass usulida suzish boʻyicha esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2019-yilda Londonda oʻtkazilgan para suzish boʻyicha Allianz chempionatida Schott S6 toifasida 100 m chalqancha suzish boʻyicha ishtirok etib, jahon rekordchisi Song Linglingni ortda qoldirib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Paraplegiya bilan ogʻriganlar Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar