Jessica-Jane Applegate MBE (1996-yil 22-avgustda tugʻilgan) – britaniyalik para suzuvchi. S14 toifasida aqliy nuqsonga ega boʻlgan suzuvchilar bilan raqobatlashadi. Asosan, qisqa masofaga erkin va chalqancha uzlubda suzish yoʻnalishlarida ishtirok etadi. 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, 2-sentyabr kuni S14 toifasida 200 metrga erkin usulda suzish boʻyicha Paralimpiya rekordini oʻrnatgan holda oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Applegate suzish boʻyicha koʻrsatgan natijalari uchun 2013-yilgi „Yangi yil faxriylari“ mukofoti doirasida Britaniya imperiyasi ordeni bilan taqdirlangan.

Yoshlik davri Applegate 1996-yilda Angliyaning Norfolk grafligidagi Great Yarmouth shahrida tugʻilgan. Unga autizm spektr buzilishi tashxisi qoʻyilgan, shundan soʻng onasi uni Lowestoft va Oulton Broad suzish klubiga olib borgan va yoshligidan suzish bilan shugʻullanishni boshlagan. Applegate Ormiston Venture Akademiyasida taʼlim olgan, 13 yoshida mintaqaviy rekordlarni oʻrnatgan va Buyuk Britaniyaning sport boʻyicha iqtidorli kishilari dasturiga tanlab olingan.

Suzish karerasi 2011-yil oxirlariga kelib, Applegate xalqaro darajadagi raqobatbardosh suzuvchi sifatida oʻz salohiyatini namyon etdi. U Wales qishki ochiq chempionatida 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha butun dunyo miqyosida 2-eng yaxshi natijani, 200 metrga erkin usulda suzish boʻyicha esa 3-eng tezkor natijani qayd etdi. 2012-yilda u oʻzining ilk xalqaro musobaqasi Berlin Open turnirida qatnashib, 50 va 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, Applegate mart oyida boʻlib oʻtgan 2012-yilgi Britaniya suzish chempionatida 200 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oltin medalga sazovor boʻlgan. Bu gʻalabasi orqali sportchi Buyuk Britaniya Paralimpiya saralash musobaqalari meʼyoriy koʻrsatkichlaridan 4 soniyaga tezroq natija koʻrsatdi, shuningdek, yangi Britaniya rekordini ham oʻrnatdi.

Paralimpiada oʻyinlaridan oldingi Applegatening soʻnggi yirik musobaqasi 2012-yilgi Britaniya Xalqaro Nogironlar Suzish chempionati boʻlib, unda sportchi jami 3 ta medalni qoʻlga kiritdi. Jumladan, S14 toifasida 50 va 100 metrga erkin usulda kumush medal, musobaqaning soʻnggi kunida irlandiyalik Bethany Firth bilan kechgan juda qizgʻin bellashuvda 2:15.23 koʻrsatkichi bilan oltin medalga ega chiqdi. Oldingi musobaqalardagi natijalari tufayli Applegate 2012-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida S14 toifasida 200 metrga erkin usul va 100 metrga chalqancha usulda suzish boʻyicha ishtirok etish huquqiga ega boʻldi.

Paralimpiada oʻyinlarida Applegatening dastlabki chiqishi 31-avgust kuni boʻlib, sportchi 100 metrga chalqancha usulda suzish boʻyicha ishtirok etdi. U saralash bosqichida 3-oʻrinni egalladi va finalda 1:09.58 shaxsiy rekordini oʻrnatishga muvaffaq boʻldi, biroq yakunda 4-oʻrinni olib, musobaqa medalini qoʻlga kirita olmadi. Oʻzining yoqtirgan yoʻnalishi boʻlgan 200 metrga erkin usulda suzish bahsida esa Applegate 2:14.31 natija bilan finalga birinchi boʻlib yoʻl oldi. Finalda esa natijasini yana ham yaxshilagan holda oxirgi metrlarda raqiblarini ortda qoldirib, 2:12.63 natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi va Paralimpiada rekordini oʻrnatdi.

2013-yilda Applegate Buyuk Britaniya terma jamoasi safida Monrealga yoʻl olib, IPC jahon chempionatida ishtirok etdi. U yerda 3 ta medalni qoʻlga kiritdi, bular 200 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oltin, 200 metrga kompleks suzish bahsida kumush va 100 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida bronza medallari edi. paralympics.org.uk. Archived from the original on 2 September 2012. Retrieved 2 September 2012..

Applegate 2016-yilda Rio-de-Janeyroda oʻtkazilgan Paralimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya sharafini himoya qilib, ayollar oʻrtasida S14 toifasida 200 metrga erkin usul va SM14 toifasida 200 metrga kompleks suzish bahslarida kumush, S14 toifasida 100 metrga chalqancha usulda suzish yoʻnalishida esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Applegate oʻzining uchinchi Paralimpiada musobaqalari uchun ham tanlab olinib, 2021-yil iyul oyida kechiktirilgan 2020-yilgi Tokio Paralimpiadasida ishtirok etdi. Tokioda sportchi aralash jamoaviy bahslarning 4×100 metrga erkin usulda estafetasi (S14) yoʻnalishida oltin medal, shuningdek, ayollar oʻrtasida 200 metrga erkin usul (S14) hamda 100 metrga chalqancha usul (S14) yoʻnalishida bronza medallariga ega chiqdi.

Manbalar

Turkum:XXI asr ingliz sportchi ayollari Turkum:Britaniya imperiyasi ordeni sohiblari Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2012-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Buyuk Britaniyalik Paralimpiya oʻyinlari bronza medali sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik Paralimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar