Sabrina Duchesne (2001-yil 17-aprelda tugʻilgan) – kanadalik para suzuvchi, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 34 ochko toifasida 4x100 metrga estafeta bahsida bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida, 2018-yilgi suzish boʻyicha Pan Tinch okeani chempionatida va 2019-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan.
Yoshlik davri va taʼlimi Duchesne Quebec provinisiyasining Saint-Augustin-de-Desmaures shahridan. Unda miya yarim falajligi kasalligi mavjud boʻlib, ushbu kasallikka qarshi fizioterapiya mashqlari davomida suzish bilan shugʻullanishni boshlagan.
Duchesne bugungi kunda Laval universitetida kriminologiya boʻyicha tahsil olmoqda.
Karyerasi Duchesne 2015-yilda 14 yoshida Torontoda oʻtkazilgan Para Panamerika oʻyinlarida Kanada terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan eng yosh sportchi edi. U 200 metrga kompleks suzish bahsi finaligacha yetib bordi, shuningdek, S7 toifasida ayollar oʻrtasida 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Duchesnening ilk Paralimpiadasi 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlari boʻlib, sportchi musobaqada S8 toifasida 5 ta yoʻnalishda ishtirok etdi. Bular 50 metr, 100 metr va 400 metrga erkin usulda suzish, 100 metrga chalqancha suzish hamda 200 metrga kompleks suzish bahslari edi. Sportchining eng yaxshi natijasi 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida qayd etilgan boʻlib, ushbu bahsda 6-oʻrinni egallagan. 2017-yilda Duchesne oyogʻini sindirib olgan va bu uning natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Duchesne ilk bor S7 toifasida raqobat olib bordi. Unda sportchi Morgan Bird, Katarina Roxon va Aurelie Rivard bilan birgalikda ayollar oʻrtasida 34 ochko toifasida 4x100 metrga estafeta bahsida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, oʻyinlarda S7 toifasida 100 metrga erkin usulda suzish bahsida 6-oʻrinni egalladi.
2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida Duchesne S7 toifasida ayollar oʻrtasida 400 metrga erkin usulda suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu uning para suzish boʻyicha jahon chempionatlaridagi ilk medali edi„Canadaʼs Sabrina Duchesne swims to bronze in 400m freestyle for her 1st para world medal“. CBC. August 1, 2023. Retrieved August 5, 2024.. 2024-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ham Duchesene Kanada sharafini himoya qilgan.
Manbalar
Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar