Abu al-Baqo Xolid an-Nasr (), dastlab Bejaïa, keyinchalik Tunisning Hafsiy hukmdori. Bejaïada otasi Abu Zakariyo Yahyo III ning oʻrnini, Tunisda esa Abu Yahyo Abu Bakr ash-Shahidning qisqa hukmronligi vaqtida hokimiyatni egallagan.
Yoshlik yillari va hukmronligi Toʻliq ismi Abu aI-Baqo Xolid bin Zakariyo Yahyo boʻlib, otasidan keyin Hafsiylar sulolasining Béjaïa hukmroni boʻlgan va Béjaïa va uning atrofidagi hududlarni boshqargan.
1307-yilda u Béjaïa hukmdori boʻlgan paytda shaharni ziyorat qilish uchun mashhur nasroniy olimi Ramon Llull tashrif buyurgan. Biroq olim shaharda kaltaklangan va qozining buyrugʻi bilan hibsga olingan. Ramon Llull olti oy davomida qamoqda saqlangan, shundan soʻng Abu al-Baqa uni ozod qilgan va oʻz hududidan quvib chiqargan.
Tunisdagi hukmronligi Abu al-Baqo Xolid Tunisdagi Hafsiy hukmdori Abu Osida Muhammad II ga murojaat qilib, oilaning ikki tarmogʻi oʻrtasidagi boʻlinishni tugatish taklifini bildirdi. Shundan soʻng ular oʻrtasida kelishuvga erishildi, ulardan kim birinchi boʻlib vafot etsa, boshqa biri uning oʻrnini egallaydi. 1309-yilda Abu Osida vafot etdi, ammo Tunis ulamolari va zodagonlari bu kelishuvga amal qilmay, Abu Faris ibn Ibrohim I ning oʻgʻli Abu Yahyo Abu Bakr I ash-Shahidni xalifa deb eʼlon qilishdi. Biroq Abu al-Baqo atigi 17 kun ichida raqibini yoʻq qilib, Tunisda hokimiyatni qoʻlga oldi.
U Tunisda taxtga oʻtirishi bilan Qusantinada avval uning amakivachchasi, keyinroq esa oʻz ukasi Abu Bakr Abu Yahyo tomonidan isyonlar boshlandi. Tunisning koʻzga koʻringan kishilari Abu al-Baqoning hokimiyat boshqaruvini haddan tashqari qattiqqoʻl deb topib, ukasining tarafini ola boshlashdi. Hokimiyat tayanchi yoʻqolib borar ekan, Abu al-Baqo ukasining jonini saqlab qolish umidida taslim boʻldi, ammo tez orada oʻldirib yuborildi. Ukasi Abu Bakr Béjaïada oʻzining hukmronligini davom ettirgan boʻlsa-da, Tunisdagi hokimiyat uning uzoq qarindoshi Abdulvohid Zakariyo ibn al-Lihyoniyning qoʻliga oʻtdi. Natijada, Hafsiylar davlati yana ikkiga boʻlinib qoldi.
Manbalar
Turkum:1311-yilda vafot etganlar Turkum:14-asr Hafsiy xalifalari