2025/26-yilgi Angliya Premyer-ligasi — Angliya Premyer-ligasining 34-mavsumi, Angliya oliy divizioni sifatida esa 127-mavsum hisoblanadi. Uchrashuvlar taqvimi 2025-yil 18-iyunda, Britaniya yozgi vaqti bilan soat 09:00 da e’lon qilindi. Mavsum 33 ta dam olish kunlari turlari va beshta hafta o‘rtasidagi turlaridan iborat bo‘ladi.

Liverpool amaldagi chempion bo‘lib, o‘tgan mavsumda o‘zining ikkinchi Premyer-liga chempionligini (umumiy hisobda Angliya oliy divizionidagi 20-chempionligini) qo‘lga kiritgan. Ushbu mavsumda Premyer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Leeds United, Burnley va Sunderland qaytdi.

Yozgi transferlar oynasi 2025-yil 16-iyunda ochilib, 2025-yil 1-sentyabr kuni Britaniya yozgi vaqti bilan soat 19:00 da yakunlandi. Qishki transferlar oynasi esa 2026-yil 1-yanvarda ochilib, 2026-yil 2-fevralda yopiladi.

Bu mavsum yarim-avtomatlashtirilgan ofsayd texnologiyasi qo‘llaniladigan ilk to‘liq mavsum bo‘lib, u o‘tgan mavsumda, 2025-yil 12-aprelda joriy etilgan edi. Shuningdek, Puma rasmiy o‘yin to‘pi yetkazib beruvchisi sifatida Nikening o‘rnini egalladi.

Umumiy ma’lumotlar Mavsumdagi birinchi murabbiy isteʼfosi 2025-yil 8-sentyabrda yuz berdi, o‘shanda Nottingham Forest murabbiysi Nuno Espírito Santo jamoa egasi Evangelos Marinakis bilan munosabatlari yomonlashgani sababli isteʼfoga chiqarildi. 9-sentyabr kuni Tottenham Hotspurning sobiq bosh murabbiysi Ange Postecoglou ikki yillik shartnoma asosida Forestga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Jamoalar Musobaqada yigirmata jamoa qatnashmoqda, bular o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘n yettita jamoasi va Chempionshipdan ko‘tarilgan uch jamoa. Yuqori liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoalar — Leeds United, Burnley va Sunderland bo‘lib, ular mos ravishda ikki, bir va sakkiz yillik tanaffusdan so‘ng oliy divizionga qaytishdi. Ularning o‘rniga esa Leicester City, Ipswich Town va Southampton (barchasi Premyer-ligada atigi bir mavsum o‘ynagach) quyi ligaga tushib ketdi. Bu esa ketma-ket ikkinchi mavsum va Angliya oliy divizion tarixida uchinchi marta barcha ko‘tarilgan uch jamoaning bir mavsumdayoq quyi ligaga tushirilishi sifatida qayd etildi.

O‘tgan mavsum bilan farqlar

Premyer-ligaga ko‘tarilganlar

Leeds United Burnley Sunderland

Chempionshipga tushirilganlar

Leicester City Ipswich Town Southampton

Stadionlar va ularning joylashuvi

Izoh: Jadval alifbo tartibida.

JamoaJoylashuvStadionCapacityArsenalLondon Emirates Stadium60,704Aston VillaBirminghamVilla Park43,205BournemouthBournemouthDean Court11,307BrentfordLondon Brentford Community Stadium17,250Brighton & Hove AlbionFalmerFalmer Stadium31,876BurnleyBurnleyTurf Moor21,990ChelseaLondon Stamford Bridge40,044Crystal PalaceLondon Selhurst Park25,194EvertonLiverpool Hill Dickinson Stadium52,769FulhamLondon Craven Cottage27,782Leeds UnitedLeedsElland Road37,645LiverpoolLiverpool Anfield61,276Manchester CityManchesterCity of Manchester Stadium52,900Manchester UnitedManchester Old Trafford74,244Newcastle UnitedNewcastle upon TyneSt James' Park52,264Nottingham ForestWest BridgfordCity Ground30,404SunderlandSunderlandStadium of Light48,095Tottenham HotspurLondon Tottenham Hotspur Stadium62,850West Ham UnitedLondon London Stadium62,500Wolverhampton WanderersWolverhamptonMolineux Stadium31,750 2025/26-yilgi mavsum uchun Premyer-ligadagi 20 jamoaning umumiy stadion sig‘imi 846 049 o‘rinni tashkil etadi, o‘rtacha sig‘im esa 42 302 o‘ringa tengdir. Bu mavsum Everton yangi uyi — Hill Dickinson stadionida, Goodison Parkdan ko‘chib o‘tgach, ilk bor o‘yinlarini o‘tkazadi.

Murabbiylar shtabi va liboslar JamoaMurabbiySardorLibos ishlab chiqaruvchisiKo‘ylak homiysi(ko‘krak qismi)Ko‘ylak homiysi(yeng qismi)Arsenal Mikel Arteta Martin Ødegaard AdidasEmiratesVisit RwandaAston Villa Unai Emery John McGinn AdidasBetanoTrade NationBournemouth Andoni Iraola Adam Smith Umbrobj88LEOS InternationalBrentford Keith Andrews Nathan Collins JomaHollywoodbetsCazooBrighton & Hove Albion Fabian Hürzeler Lewis Dunk NikeAmerican ExpressExperience KissimmeeBurnley Mike Jackson (vaqtincha) Josh Cullen Castore96.comSureChelsea Callum McFarlane Reece James NikeIFSFPTCrystal Palace Oliver Glasner Dean Henderson MacronNET88Kaiyun SportsEverton David Moyes Séamus Coleman CastoreStake.comChristopher WardFulham Marco Silva Tom Cairney AdidasSBOTOPHiBobLeeds United Daniel Farke Ethan Ampadu AdidasRed BullParimatchLiverpool Arne Slot Virgil van Dijk AdidasStandard CharteredExpediaManchester City Pep Guardiola Bernardo Silva PumaEtihad AirwaysOKXManchester United Michael Carrick Bruno Fernandes AdidasQualcomm SnapdragonDXC TechnologyNewcastle United Eddie Howe Bruno Guimarães AdidasSelaNoonNottingham Forest Vítor Pereira Ryan Yates AdidasBally'sIdeagenSunderland Régis Le Bris Granit Xhaka HummelW88LiveScore BetTottenham Hotspur Roberto De Zerbi Cristian Romero NikeAIAKrakenWest Ham United Nuno Espírito Santo Jarrod Bowen UmbroBoyleSportsQuickBooksWolverhampton Wanderers Rob Edwards Toti Gomes SuduDEBETJD Sports

Murabbiylar o‘zgarishi JamoaKetgan murabbiyKetish sababiBo‘shagan sanaJadvaldagi o‘rniYangi murabbiyTayinlangan sanaTottenham Hotspur Ange PostecoglouIsteʼfoga chiqarilgan2025-yil 6-iyunMavsumoldi davr Thomas Frank2025-yil 12-iyunBrentford Thomas FrankTottenham Hotspur bilan shartnoma imzolagan2025-yil 12-iyun Keith Andrews2025-yil 27-iyunNottingham Forest Nuno Espírito SantoIsteʼfoga chiqarilgan2025-yil 8-sentabr10-o‘rin Ange Postecoglou2025-yil 9-sentabrWest Ham United Graham Potter2025-yil 27-sentabr19-oʻrin Nuno Espírito Santo 2025-yil 27-sentabrNottingham Forest Ange Postecoglou2025-yil 18-oktabr17-oʻrin Sean Dyche2025-yil 21-oktabrWolverhampton Wanderers Vítor Pereira2025-yil 2-noyabr20-oʻrin Rob Edwards2025-yil 12-noyabrChelsea Enzo MarescaTomonlarning oʻzaro kelishuvi2026-yil 1-yanvar5-oʻrin Calum McFarlane(vaqtinchalik boshqaruv)2026-yil 1-yanvarManchester United Ruben AmorimIsteʼfoga chiqarilgan2026-yil 5-yanvar6-oʻrin Darren Fletcher(vaqtinchalik boshqaruv)2026-yil 5-yanvarChelsea Calum McFarlaneVaqtinchalik boshqaruv davrining yakuni2026-yil 8-yanvar5-oʻrin Liam Rosenior2026-yil 8-yanvarManchester United Darren Fletcher Vaqtinchalik boshqaruv davrining yakuni2026-yil 13-yanvar6-oʻrin Michael Carrick 2026-yil 13-yanvar Tottenham Hotspur Thomas Frank Isteʼfoga chiqarilgan 2026-yil 11-fevral 16-oʻrin Igor Tudor 2026-yil 14-fevralNottingham Forest Sean Dyche2026-yil 12-fevral17-oʻrin Vítor Pereira2026-yil 15-fevralTottenham Hotspur Igor TudorTomonlarning oʻzaro kelishuvi2026-yil 29-mart Roberto De Zerbi2026-yil 31-martBurnley Scott Parker2026-yil 30-aprel19-oʻrin Mike Jackson2026-yil 30-aprel

Qoidalardagi o‘zgarishlar va innovatsiyalar 2025/26-yilgi mavsum bir nechta muhim yangiliklar va innovatsiyalarni oʻz ichiga oladi:

2024/25-yilgi mavsum oxirida joriy etilgan yarim-avtomatlashtirilgan ofsayd texnologiyasidan foydalaniladigan ilk toʻliq mavsum boʻladi. 2025-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida sinovdan oʻtkazilgan hakam kameralarini (Ref-Cam) Premyer-ligada qoʻllash masalasi koʻrib chiqilmoqda. Hali amalda joriy etilmagan boʻlsa-da, mavsum davomida cheklangan mahalliy sinovlarni oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Puma Premyer-liga uchun yangi rasmiy oʻyin toʻpi yetkazib beruvchisiga aylandi va shu tariqa 25 yil davom etgan Nike bilan hamkorlikka yakun yasaldi.

Turnir jadvali

Natijalar

Mavsum statistikasi Toʻpurarlar O‘rinO‘yinchiJamoaGollar1 Erling HaalandManchester City272 Igor ThiagoBrentford223 Antoine SemenyoBournemouth/Manchester City174 Ollie WatkinsAston Villa165 João PedroChelsea15 Morgan Gibbs-WhiteNottingham Forest7 Viktor GyökeresArsenal14 Dominic Calvert-LewinLeeds United9 Junior KroupiBournemouth13 Danny WelbeckBrighton & Hove Albion Assistentlar O‘rinO‘yinchiJamoaAssistlar1 Bruno FernandesManchester United212 Rayan CherkiManchester City123 Jarrod BowenWest Ham United114 Erling HaalandManchester City85 Dominik SzoboszlaiLiverpool7 James GarnerEverton Harry WilsonFulham Mohamed SalahLiverpool9 Granit XhakaSunderland6 Enzo Le FéeSunderland Pedro NetoChelsea Morgan RogersAston Villa Martin ØdegaardArsenal Leandro TrossardArsenal Jack GrealishEverton Lucas DigneAston Villa

Quruq o‘yinlar O‘rinO‘yinchiJamoaQuruqo‘yinlar1 David RayaArsenal192 Gianluigi DonnarummaManchester City153 Đorđe PetrovićBournemouth11 Dean HendersonCrystal Palace Jordan PickfordEverton6 Robin RoefsSunderland10 Bart VerbruggenBrighton & Hove Albion Caoimhín KelleherBrentford9 Bernd LenoFulham9 Robert SánchezChelsea

Mukofotlar

Har oylik mukofotlar OyOyning eng yaxshi murabbiysiOyning eng yaxshi o‘yinchisiOyning eng yaxshi goliOyning eng yaxshi seyviManbalarMurabbiyJamoaO‘yinchiJamoaO‘yinchiJamoaO‘yinchiJamoaAvgust Arne SlotLiverpool Jack GrealishEverton Dominik SzoboszlaiLiverpool James TraffordManchester CitySentabr Oliver GlasnerCrystal Palace Erling HaalandManchester City Martín ZubimendiArsenal Gianluigi DonnarummaOktabr Rúben AmorimManchester United Bryan MbeumoManchester United Emiliano BuendíaAston Villa Martin DúbravkaBurnleyNoyabr Enzo MarescaChelsea Igor ThiagoBrentford Tyler AdamsBournemouth Jordan PickfordEvertonDekabr Unai EmeryAston Villa Dominic Calvert-LewinLeeds United Harry WilsonFulham David RayaArsenalYanvar Michael CarrickManchester United Igor ThiagoBrentford Harrison Reed Alphonse AreolaWest Ham UnitedFevral Pep GuardiolaManchester City Antoine SemenyoManchester City Dominic SolankeTottenham Hotspur Jordan PickfordEvertonMart Mikel ArtetaArsenal Bruno FernandesManchester United William OsulaNewcastle United Aaron RamsdaleNewcastle UnitedAprel Pep GuardiolaManchester City Morgan Gibbs-WhiteNottingham Forest Kaoru MitomaBrighton & Hove Albion Karl DarlowLeeds United

Manbalar

Turkum:2025/26-yilgi Angliya Premyer-ligasi Turkum:Angliya Premyer-ligasi mavsumlari