Feruza Kazakova (Andijon, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida ikki karra sovrindori.

Faoliyati Feruza Kazakova yetti yoshida boks bilan shugʻullanishni boshlagan.

2023-yil Hindistonning Nyu-Dehli shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo 1/16 finalda magʻlub boʻlgan.

2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan . Oʻsha yili boks boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogining ikkinchi bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shu yilning sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol bokschilar