Viktoriya Grafeyeva (Olmaota, Qozogʻiston) – qozogʻistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Qozogʻiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida bronza medal sovrindori.

Faoliyati Viktoriya Grafeyeva 17 yoshida boks bilan shugʻullana boshlagan va undan oldin yengil atletika bilan shugʻullangan.

2024-yil Tailandda Chiangmay shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida finalda xitoylik bokschi Li Qiange ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida kumush medali sovrindori boʻlgan. Oʻsha yili sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etgan, ammo yarim finalda braziliyalik bokschi Rebeca Santosga yutqazib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik ayol bokschilar