Jaismine Lamboria (; 2001-yil 30-avgustda tugʻilgan, Bhiwani, Xaryana, Hindiston) – hindistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Hindiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida oltin medal sohibi. 2024-yil Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Faoliyati Jaismine Lamboria 14 yoshida boks bilan shugʻullana boshlagan.

2021-yil BAAning Dubay shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medali sovrindori boʻlgan.

2024-yil Jaismine Lamborianing Yozgi Olimpiada oʻyinlarida birinchi jangi boʻlib oʻtgan. Ushbu jang filippinlik Nesthy Petecioga qarshi edi. Afsuski, 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi va shu bilan Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishdan mahrum boʻlgan.

2025-yil sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionati finalida polshalik bokschi Julia Szeremeta ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Hindiston bokschilari